14 sentabr kuni Forbes O‘zbekistondagi islohotlar va Prezident Sh.M.Mirziyoyev yuritayotgan ichki va tashqi siyosatga doir maqolasini chop etdi.
"Xitoyning Ipak yo‘li tashabbusi tufayli Yevroosiyo xaritadagi qaynoq nuqtaga aylandi. Mintaqaning qachonlardir dunyo uchun yopiq bo‘lgan eng ko‘p aholiga ega mamlakati qayta isloh qilinish harakatlarini amalga oshirmoqda. Boshlanishi uchun, mamlakat Markaziy banki o‘z valyutasi - so‘mning qadrini oshirish bo‘yicha ilk qadamlarni tashladi. Bu hatto 5 sentabr kuni Bloomberg tomonidan qayd etildi.
Markaziy Osiyoning qadimiy davlati hisoblangan O‘zbekistonda hozirda katta iqtisodiy islohotlar kuzatilmoqda. Ko‘p yillar davomida hukmronlik qilgan Islom Karimovdan keyin yangi saylangan prezident Shavkat Mirziyoyev tashqi dunyoga ko‘proq ochilayotgan o‘zbek yetakchisi sifatida qayd etilmoqda.
Mirziyoyev Yevroosiyo kuzatuvchilariga umid bermoqda - mintaqaning yirik harbiy derjavasi nihoyat o‘z iqtisodiyotini modernizatsiyalashtirmoqda va bu jarayonda boshqa mamlakatlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatmoqda.

Markaziy Osiyo va Kavkaz institutining "Ipak yo‘li" dasturi direktori Svante Kornell o‘zbeklar qo‘shnilar uchun ochilayotgani, yangi prezidentning yuritayotgan tashqi siyosatidan "yoqimli hayratda" ekanini qayd etdi.
Mirziyoyev 2016 yilning 4 dekabrida saylovchilarning 88,6 foiz ovoziga ega bo‘lib, prezident etib saylandi. U O‘zbekistonning iqtisodiy siyosatini o‘zgartirib, xorijiy kapitalni jalb qilish uchun (asosan Janubiy Koreya va Xitoydan) mamlakatning huquqiy tizimini o‘zgartirmoqda.
Prezident etib saylanganidan bir necha oy o‘tib Mirziyoyev Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya va Xitoyga bordi. Ushbu oyda esa u Qirg‘izistonga tashrif buyurdi. Mirziyoyevning uch qo‘shni mamlakat - Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tashrifi kuchli signal hisoblanadi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalarini yaxshilash ustida ishlamoqda".
"Yuqori iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish rahbariyatning ustuvor vazifasiga aylandi", - deya mamlakat senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning so‘zlari keltiriladi.











