Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya KXDR harakatiga javoban darhol o‘z ballistik raketasini uchirdi
Janubiy Koreya armiyasi KXDR Yaponiya tomon raketa uchirganidan so‘ng, bunga javoban «Xenmu-2» ballistik raketasini uchirdi. Bu haqda RIA «Novosti» «Ryonxap» agentligiga asosan xabar bermoqda.
«Bizning qurolli kuchlar Shimoliy Koreya raketa uchirishi bilan, «Xenmu-2» raketasini Yapon dengizi tomon uchirdi», - deya ma'lum qilishgan Janubiy Koreya qurolli kuchlarining shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasidan.
Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya raketasi 250 kilometr masofani uchib o‘tgan. Ta'kidlanishicha, bu masofa KXDR o‘z raketasini uchirgan Sunan aeroportiga bo‘lgan masofaga tengdir.
Avvalroq Shimoliy Koreya Tinch okeani tomon raketa uchirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:36 / 02.07.2026
Rossiyaning dron va raketa hujumlari iyun oyida qisqardi
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
20:27 / 09.06.2026