21:50 / 17.09.2017
10434

«MYu» «Everton»ni yengib, «Manchester Siti»ga yetib oldi

Foto: Premer liga

Angliya premer-ligasida 4-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda. «Manchester Yunayted» «Everton»ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 4-daqiqasida Antonio Valensiya hisobni ochdi. O‘yin yakunlanishi arafasida manchesterliklar ketma-ket gol ura boshlashdi. 83-daqiqada Romelu Lukakuning pasidan keyin Genrix Mxitaryan ikkinchi golni urdi. 89-daqiqada Lukakuning o‘zi ham gol urdi, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda esa hakam «Everton» darvozasi tomon penalti belgiladi, Antoni Marsiyal nuqtaga yaqinlashib, aniq harakat qildi va yakuniy hisobni o‘rnatdi - 4:0.

Bu g‘alabadan keyin Joze Mourino shogirdlari turnir jadvalida ochkolar soni bo‘yicha «Manchester Siti»ga yetib oldi. Ikki peshqadamda ham 5 turdan keyin 13tadan ochko bor. Ikki jamoa ham 16tadan gol urgan va 2ta gol o‘tkazgan.

Angliya chempionati
5-tur
Manchester Yunayted – Everton 4:0

Gollar: 1:0 – 4 Valensiya, 2:0 – 83 Mxitaryan, 3:0 – 89 Lukaku, 4:0 – 90+2 Marsiyal (pen) 
Manchester Yunayted –– De Xea, Jons, Bayi, Valensiya, Mata (Errera, 77), Yang, Fellayni, Matich, Mxitaryan (Marsiyal, 88), Reshford (Lingard, 61), Lukaku.
Everton – Pikford, Jagelka, Uilyams, Beyns, Kin, Devis (Sandro Ramires, 66), Shnayderlin, Sigurdsson, Guyye (Kelvert-Lyuin, 76), Martina, Runi (Miralyas, 82).
Ogohlantirishlar: Uilyams (63), Bayi (82).

Mavzuga oid
Top