Sport | 10:10 / 21.09.2017
25142
2 daqiqa o‘qiladi

Ashxobod-2017. O‘zbekiston yana 4ta oltin medal oldi va 3-o‘rinda joylashdi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan V Osiyo o‘yinlarining 20 sentabr kungi bahslarida 4 oltin medal qo‘lga kiritildi.

Shu kungi bellashuvlar doirasida o‘zbekistonlik polvonlar gilamga ko‘tarilishdi va jami 12ta medal olishdi (4-4-4).

Oltin:
Sherzodjon Rahimov
Husniddin Ro‘ziyev
Obidali Mavlonov
Rahima Yuldosheva

Kumush:
Islomjon Qo‘ldoshev
Eldor Ne'matov
Shaxnoza Ergasheva
Dilafruz Mamajonova

Bronza:
Odiljon Suyunov
Husan Nosirov
Fayzulla Ummatov
Havasxon Jo‘raqo‘ziyeva

21 sentabr kuni yana 4 nafar o‘zbekistonlik kurashchi g‘oliblik uchun kurashadi. 

Xususan, ayollar o‘rtasida -70 kg vazn toifasida Gavhar Xudoyqulova eronlik Rohila Asqariyga qarshi gilamga chiqsa, 78 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Kumush Yuldasheva  hindistonlik Sapna Shimkumar Naykar bilan bahs olib boradi.

Erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasidagi Davlat Abrayev turkmanistonlik Nuryog‘di Jabborov bilan bellashadi, -66 kg vazn toifasidagi Shahram Ahadovning raqibi keyinchalik ma'lum bo‘ladi.

Turkmaniston poytaxtida davom etayotgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi endi umumjamoa hisobida 3-o‘ringa ko‘tarildi (7-16-34). 

Reytingda 53ta oltin olishga ulgurgan mezbon Turkmaniston peshqadam. Eron termasining oltinlari soni 10taga yetgan, O‘zbekiston va Qozog‘iston 7tadan oltin medalga ega.

O‘zbekiston raqibi Qozog‘istondan 27 ta ko‘proq medal jamg‘argani evaziga yuqoriroqda.

Avvalroq MOQ matbuot xizmati O‘zbekiston termasi bir qator sport turlarida o‘zining ikkinchi tarkibi bilan musobaqaga yo‘l olgani haqida qayd etib o‘tgandi.

Mavzuga oid