O‘zbekiston | 19:03 / 21.09.2017
6120
3 daqiqa o‘qiladi

Konsullik-huquqiy masalalarga oid murojaatlarni o‘rganib chiqish bo‘yicha tizimli faoliyat yo‘lga qo‘yildi

Bugun, 21 sentabr kuni Milliy matbuot markazida 5 iyulda TIV rahbari Abdulaziz Komilovning vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti davomida bildirilgan muammolar va taklif-mulohozalarga asosan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari A.Xodjayev, Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Toshxodjayev, Davlat personalizatsiya markazi direktori Najmiddin To‘raxodjayev ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, brifingdan maqsad - O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 12 sentabrda chiqarilgan P-5055 sonli Farmoyishi asosida ta'sis etilgan Idoralararo ishchi guruhining maqsad va vazifalari haqidagi ma'lumotni keng jamoatchilikka yetkazish.

Ma'lum qilinishicha, Idoralararo ishchi guruhi Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat personalizatsiya markazi va Davlat bojxona qo‘mitasi vakillaridan tuzilgan.

Idoralararo ishchi guruhni tashkil etishdan maqsad - fuqarolarning konsullik-huquqiy masalalari bo‘yicha murojaatlarni o‘rganib chiqish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish va tiklashga qaratilgan hamda o‘z vaqtida obektiv qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq samarali idoralararo tizimli faoliyatni yo‘lga qo‘yish bilan izohlanadi.

Tadbirda ta'kidlanishicha, Idoralararo ishchi guruhning Ish rejasi tasdiqlangan. U 12 tadbirdan iborat bo‘lib, quyidagilarga yo‘naltiriladi:

  • fuqarolarning O‘zbekiston fuqaroligidan chiqish bo‘yicha arizalarini ko‘rib chiqish amaliyotini jadallashtirish;
  • fuqarolarning xorijga chiqish tartibini takomillashtirish;
  • fuqarolarning xorijda mehnat faoliyatini olib borish uchun litsenziya olish tartibini soddalashtirish;
  • xorijda jazo muddatini o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarini O‘zbekiston penitentsiar muassasalariga o‘tkazishning huquqiy sharoitlarini yaratish;
  • O‘zbekiston fuqarolarining o‘zlari borayotigan davlatlar to‘g‘risidagi xabardorliklarini oshirish;
  • tezkor konsullik-huquqiy xizmat ko‘rsatish maqsadida idoralararo elektron hamkorlik tizimini tashkil etish.

Mavzuga oid