Jamiyat | 16:08 / 22.09.2017
11604
2 daqiqa o‘qiladi

Bosqinchilar jinoyat sodir etilganidan so‘ng qo‘lga olindi

Foto: Fotolia

2017 yilning 18 sentabr kuni tungi taxminan soat 04:30larda, A.Yu.R., S.N.T. va K.Sh.A.lar bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida joylashgan institutning oldida bo‘la turib, fuqaro D.Sh.D.ning yoniga kelib, uni qo‘l va oyoqlari bilan urib, baxosi 945 AQSh dollari bo‘lgan mol-mulki va 1.200.000 so‘m miqdoridagi pullarini egallab olishgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid