Ekspert: «Harakatlar strategiyasini amalga oshirish muddati nega 5 yil etib belgilandi?»

22-23 sentabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan «O‘zbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasidagi tashqi siyosiy faoliyati» mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etgan Maxsus mediametrik tadqiqotlar markazi eksperti Igor Nikolaychuk o‘z tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston hayotidagi islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.
«Men Rossiyada ishlab chiqilgan ilk Milliy xavfsizlik kontsyeptsiyasini tuzgan jamoa a'zolaridan biriman. Ming afsuski, bu hujjat qabul qilinmagan. Bu o‘sha davrda hukumat tepasida bo‘lgan rahbarlarning qarashi va mamlakatdagi vaziyat bilan bog‘liq qaror edi.
Shunga qaramay, konsepsiyasini ishlab chiqarish mobaynida hujjatni amaliyotga tatbiq etishning ko‘plab parametrlari oydinlashdi. Zamonaviy tilda esa buni implementatsiya, deb qo‘ya qolamiz.
Avvalo, hujjat o‘zida qanday kuch va irodani ifoda etishini aniqlab olish lozim. Bu o‘rinda u jamoatchilik, hukumat tartibida yo tavsiyaviy va majburiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Men uchun tushunarsiz holat bu - Harakatlar strategiyasi hujjati prezident qarorimi, siyosiy partiyalar irodasimi yoki xalqning talabmi? Uni keng jamoatchilikka qanday tanishtirish kerak?!
Uning qanday nomlanishi va taqdim etish yo‘lini bilish kelgusida hujjat bandlarida belgilangan tashabbuslarni samarali ijro etishda qo‘l keladi. Harakatlar strategiyasi prezidentning shaxsan tanlagan yo‘l xaritasi bo‘lishida hech qanday salbiy narsani ko‘rmayman, faqat uning maqomini aniqlab olish lozim».
Rossiya Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot instituti Siyosiy tadqiqotlar markazi rahbari Boris Shmelev uning fikrini mantiqan davom ettirdi.
«Meni o‘ylantirgan masala bu - muddat. Nega mazkur strategiyani amalga oshirish muddati 5 yil etib belgilandi? Odatda bu uzoq vaqt davom etadigan katta islohotlarni amalga oshirishda mayoq vazifasini o‘taydigan hujjat sanaladi. Aks holda, ayni tashabbus to‘planib qolgan muammolarni vaqtincha bartaraf etishga harakat qilish bo‘lib qoladi, xolos. Sizlar davlatning iqtisodiyotdagi roli, mamlakat sud-huquq tizimi haqida gaplashyapsiz, bu esa kamida 30 yilga mo‘ljallangan reja bo‘lishi darkor. Bu joyda Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar qay jarayonda amalga oshiriladi, degan savolni qo‘yish haqli. Chunki har qanday islohot katta mablag‘ talab qiladi. Strategiya esa taklif etayotgan islohotlarning byudjyetini asoslantirib borishi shart.
Bundan tashqari, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy norozilik kayfiyatini qanday yengib o‘tmoqchisiz? Aholi islohotlarni qabul qilishga tayyormi? Bu juda o‘rinli savol bo‘ladi, deb o‘ylayman va shoshilmaslikni tavsiya etaman. Har bir harakat kutilmagan oqimga olib borishini unutmaslik lozim. Strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun jamoat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash talab etiladi, ammo bu sohada O‘zbekiston qayta ishlab chiqishi kerak bo‘lgan vazifa ko‘p».
Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij Forumi yetakchi ilmiy xodimi Shirin Akiner esa masalaga sal boshqacha yondashdi.
«Mamlakatda bosh islohotlarni o‘tkazish har doim katta mablag‘ talab qilib keladi. Ayni paytda Harakatlar strategiyasining o‘zi qabul qilingani katta g‘alaba, bu yorqin hayot sari ilk qadam, deb hisoblayman. Axir bu qadamsiz qolganlari haqida gap bo‘lishi mumkin emas edi. Shu o‘rinda men butun O‘zbekiston xalqini siyosiy-ijtimoiy o‘zgarishga iroda qilgani bilan tabriklayman», deydi u.
Hindistondagi Xalqaro Vivekananda fondi ilmiy xodimi Rashmini Kopakarning aytishicha, strategiyada ko‘rsatilgan vazifalar, albatta, bajarilishi uchun belgilanmagan, balki shuning sari harakatlanadi.
«Bir muddat o‘tib ishlar sarhisob qilinadi va kelgusi rejalar tuziladi. Hindistonda ham shunday: inqilobiy yo‘l bilan katta muvaffaqiyatga erisha olmaysiz, biz hammasiga tadrijiy rivojlanish bilan erishdik», deydi u.
«Avvaliga demokratik saylovlar bo‘lib o‘tishini misol qilsam, so‘ngra demokratik jarayonlarning o‘zi chuqur ildiz otayotganini hisobga olsam, bu men nazarda tutgan tadrijiy rivojlanishning bir ko‘rinishidir. Bunday Harakatlar strategiyasi bilan kelajakka boqib turgan o‘zbekistonliklarga omad tilayman», deb qo‘shimcha qilgan Rashmini Koparkar.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

11:11 / 18.05.2024
Sud ekspertlari va baholovchi tashkilotlarga qo‘shimcha majburiyatlar yuklatilmoqda

17:18 / 06.10.2021
Harakatlar strategiyasi uchun 5 yilda 114 trln so‘m va salkam 31 mlrd dollar sarflangani ma'lum qilindi

22:00 / 07.11.2019
«Non ishlab chiqaruvchilar hali to‘la quvvat bilan ishlamayapti». Mutaxassislar narx bilan bog‘liq vaziyatga izoh berishdi

20:40 / 27.03.2019