09:13 / 05.10.2017
20194

Fotofakt. Qozog‘iston terma jamoasi «Ruminiyani qo‘rqitish uchun kuchliroq O‘zbekiston terma jamoasidan foydalandi»

JCh-2018 saralash bosqichi Yevropa mintaqasida musobaqalarda ishtirok etayotgan Qozog‘iston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazish uchun Ruminiyaga yetib keldi.

Ahamiyatli tomoni, Qozog‘iston terma jamoasi Ruminiyaga qilgan parvozini «O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotida amalga oshirdi. Bu qozog‘istonlik internet foydalanuvchilarining turli hazillariga sabab bo‘ldi.

Fanatik.kz sayti «Qozog‘iston terma jamoasi yoki O‘zbekiston» nomli xabarida bunga hazilomuz izoh qoldirdi:
«Ayyorona yurish: terma jamoamiz ruminiyaliklarni cho‘chitish uchun o‘zidan kuchliroq raqib qiyofasiga kirib oldi».

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Ruminiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvi 5 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top