12:30 / 06.10.2017
5795

Avtomobildan 1,4 mln. so‘m va 520 dollarni o‘margan shaxs ushlandi

2017 yilning 7 avgust kuni taxminan soat 15:00larda, noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravida talon-toroj qilish maqsadida, Yakkasaroy tumanida joylashgan uyning qarshisida bo‘la turib, shu yerda fuqaro Yu.A.K.ga tegishli bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina eshigi oynasini sindirish yo‘li bilan ochib, uning salonidan 1.400.000 so‘m va 520 AQSh dollarilik mol-mulki hamda muhim shaxsiy hujjatlarini egallab olgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi (muhim shaxsiy hujjatlarni egallash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan P.D.B. sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top