Rossiyada dahshatli YTHga uchragan avtobus Qozog‘istondan kelayotgan bo‘lgan

Foto: RIA "Novosti"
Rossiyaning Vladimir viloyatida yo‘lovchi poyezdi bilan jiddiy YTHga uchragan avtobus Qozog‘istondan kelayotgan bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti Rossiya FVVning Vladimir viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi vakiliga asosan xabar tarqatdi.
Avvalroq jumaga o‘tar kechasi Vladimir viloyatidagi temir yo‘lni kesib o‘tadigan joyda avtobus va poyezd to‘qnashib ketgani xabar qilingandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan. IIV ma'lumotiga qaraganda, avtobus svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga qaramay temir yo‘lni kesib o‘tadigan joyga chiqib ketgan.
"Avtobus Qozog‘iston respublikasiniki, poyezd esa - "Sankt-Peterburg — Nijniy Novgorod", - degan agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyida viloyat FVV boshqarmasining aeromobil guruhi ish olib bormoqda.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi esa bu hodisa bo‘yicha ma'lumotlarni aniqlashtirmoqda. Bu haqda respublika tashqi siyosat idorasining matbuot xizmati rahbari Anvar Jaynakov ma'lum qildi.
"Qozog‘iston TIV ushbu hodisa tafsilotlarini aniqlashtirmoqda", — degan Jaynakov.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, hozircha avtobus Qog‘ozistonga tegishliligi yoki halok bo‘lganlar va jabrlanganlar ushbu davlat fuqarosi ekanini yakuniy tarzda tasdiqlay olmaydi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
Jahon | 12:23
-
17 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:07
-
Dehqonlarga issiq havoda ekinlarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi
O‘zbekiston | 12:05
-
Yana 2 ta turfirmaga Umra litsenziyasi berildi
Jamiyat | 12:02
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025