Rossiyaning Vladimir viloyatida temir yöl pereyezdida poyezd va avtobus iştirokida yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida 16 kişi halok böldi. Bu haqda 6 oktabrda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Töqnaşuv Vladimir viloyatining Pokrov temir yöl stansiyasi yaqinida yuz bergan", deb aytilgan Rossiya içki işlar vazirlining hududiy boşqarmasida.
"Ayni vaqtda 16 kişi halok bölgani, 34 kişi tirikligi va 2 bola jonlantiriş bölimiga tuşgani hamda 12 kişi tez tibbiy yordam maşinasida olib ketilgani ma'lum", deb aytdi Pokrov şahri ma'muriyati boşliği Vyaçeslav Arakelov.
Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining markaziy hududiy markazi saytida körsatilişiça, YTH mahalliy vaqt bilan soat 03:39da yuz bergan.
YTHning qolgan tafsilotlari örnatilmoqda.













