BMT o‘lim jazosi eng ko‘p ijro etiluvchi davlatlarni ma'lum qildi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh 10 oktabrda nishonlanuvchi Butunjahon o‘lim jazosiga qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘lim jazosi ijro etilishi bo‘yicha jahon statistikasini keltirib o‘tdi. Uning aytishicha, bu jazo chorasi eng ko‘p miqdorda Eron, Saudiya Arabistoni, Iroq va Pokistonda ijro etilar ekan. Bu davlatlarda tashkilotga ma'lum bo‘lgan barcha qatl etishlarning 87 foizi ijro etilgan. Shu bilan birga Xitoyda ham ko‘p sonda qatllar amalga oshiriladi, biroq bu borada BMTda aniq ma'lumotlar yo‘q.
Shu bilan birga, 170 ta davlat o‘lim jazosidan voz kechgan.
2016 yilda 2015 yilga nisbatan qatllar miqdori 37 foizga kamaygan. Bosh kotib bunday "vahshiy usullar"dan voz kechishga chaqirdi. Uning ta'kidlashicha, o‘lim jazosi jinoyatlarning oldini olishga yordam bermaydi va unga 21-asrda o‘rin yo‘q. Biroq BMTda terrorchilik bilan bog‘liq holatlarda o‘lim jazosiga taqiqlov qayta ko‘rib chiqilayotgani tendensiyasi kuzatilayotgani qayd qilindi.
Guterresh, shuningdek, o‘lim jazosi amaliyoti ko‘pincha ochiq-oydin olib borilmasligini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, ba'zi davlatlar hukumatlari kim va qanday sabablarga ko‘ra o‘lim jazosiga mahkum qilingani haqidagi ma'lumotni hattoki qatl etilganlarning oilalaridan sir tutgan holda oshkor etmaydilar. Shuningdek, o‘lim jazosini ijro etishda qo‘llanadigan vositalarni taqdim qiluvchi kompaniyalar nomlari ham ular yomonotliq bo‘lmasliklari maqsadida taqdim qilinmaydi.
"Ochiq-oydinlikning yo‘qligi o‘lim jazosiga mahkum qilinayotganlar va ularning oilalariga hurmatsizlikni namoyish qiladi", deb aytgan BMT bosh kotibi.
Ayni vaqtda AQSh g‘arb davlatlaridan jinoyatchilarga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanadigan yagona davlat bo‘lib qolmoqda. AQShning 50 ta shtatidan 31 tasida o‘lim jazosi qo‘llanib kelinadi. AQShda 1976 yildan to shu kungacha 1,4 mingdan ko‘proq jinoyatchi qatl etilgan.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
20:58 / 24.12.2024