02:17 / 11.10.2017
15258

JCh saralash. Portugaliya hamda Fransiya jahon chempionatiga chiqdi

Foto: Twitter/FIFAWorldCup

2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash bosqichining so‘nggi turi o‘tkazildi. 

Kunning markaziy o‘yinida Portugaliya o‘z maydonida Shveytsariyani qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 41-daqiqada Juru o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ygan bo‘lsa, 57-daqiqada Andre Silva yakuniy hisobni o‘rnatdi. 

Bu natija mezbonlarning jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishi uchun yetarli bo‘ldi. 

Yana bir muhim uchrashuv Fransiya hamda Belarus terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Grizmann hamda Jiru kiritgan 2ta golga, belarusliklar Sarokaning 1ta goli bilan javob qaytara olishdi – 2:1. Frantsuzlarning guruhdagi raqobatchisi bo‘lgan Shvetsiya terma jamoasi safarda Niderlandiyadan mag‘lub bo‘lib, fransuzlarning jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishiga zamin yaratdi. 

Kunning qolgan uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi: 

A guruhi

Fransiya – Belarus 2:1 (2:1, 0:0)

Gollar: 1:0 – 27 Grizmann, 2:0 – 33 Jiru, 2:1 – 44 Saroka.

Fransiya – Loris, Umtiti, Din, Varan, Sidibe, Tolisso, Lemar (Payyet, 83), Matyuidi, Koman (Mbappe, 61), Jiru, Grizmann (Sissoko, 78).

Belarus – Chernik, Politevich, Matveychik, Yanushkevich (Sachivko, 46), Volodko, Korzun (Bykov, 79), Dragun, Kovalev (Skavysh, 65), Karnitskiy, Stasevich, Saroka.

Ogohlantirishlar: Korzun (26), Matveychik (53), Sidibe (83), Volodko (87).

 

Lyuksemburg – Bolgariya 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 3 Till, 1:1 – 68 Chochev.

Lyuksemburg – Juber, Yans (Da Grasa, 82), Skenderovich, Maljye, Martinsh Pereyra, Yanish, Till, Filipps, Rodriges (Da Mota, 60), Turpel, Joakim (Sinani, 85).

Bolgariya – Iliyev, Bodurov, Zanev (Nedyalkov, 14), Popov, Bojikov, Chochev, Slavchev (Raynov, 62), Popov, Krayev (Galabinov, 49), Nedelev, Delev.

Ogohlantirishlar: Popov (25), Bodurov (35), Yans (58), Popov (62), Raynov (90).

 

Niderlandiya – Shvetsiya 2:0 (2:0, 0:0)

Gollar: 1:0 – 16, penalti Robben, 2:0 – 40 Robben.

Niderlandiya – Sillessen, Rekik, van Deyk, Ake, Blind, Robben, Trindade, Babel, Veynaldum (Klassen, 71), Tete (Yanmat, 71), Yanssen (Dost, 46).

Shvetsiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson (Svensson, 68), Larsson (Olsson, 82), Yuxansson, Forsberg, Toyvonen (Telin, 76), Berg.

Ogohlantirishlar: Blind (44), Lyustig (55).

 

B guruhi

Vengriya – Farer orollari 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 81 Bede.

Vengriya – Gulachi, Guzmich, Sabo, Fiola, Kadar, Shteber (Nad, 66), Patkai, Nad, Jujak, Ugrai (Shallai, 89), Eppel (Bede, 46).

Farer orollari – Nilsen, Benyaminsen (Xansson, 66), Gregersen, Nes, Yunsen, Faere (Olsen, 88), Baldvinsson, Vatnxamar, Edmundsson, Yonsson, Sorensen (uy Bartalsstovu, 73).

Ogohlantirishlar: Benyaminsen (18), Sorensen (57), Baldvinsson (62), Yunsen (85), Nad (90).

 

Latviya – Andorra 4:0 (2:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 11 Ikauniyeks, 2:0 – 19 Shabala, 3:0 – 59 Shabala, 4:0 – 63 Tarasov.

Latviya – Vanin, Dubra, Kolesov, Gabov (Vishnyakov, 65), Tarasov, Klyushkin (Ulimbashev, 81), Solovev, Torres, Indrans, Ikauniyeks (Uldrikis, 71), Shabala.

Andorra – Gomes Moreyra, Garsiya Renom, Maks Lovera, Lima, Rebes, Rubio, Veyra (Riyera, 87), Garsiya, Alaes (Sanches, 83), Klemente (Martines, 63), Puxol.

Ogohlantirishlar: Garsiya (55), Lima (55), Torres (68), Uldrikis (80).

 

Portugaliya – Shveytsariya 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 41, avtogol Juru, 2:0 – 57 Andre Silva.

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Elizeu (Antunesh, 68), Soaresh, Fonte, Bernardu Silva, Vilyam Karvalyu, Moutinyu, Joau Mariu (Danilu Pereyra, 90), Andre Silva (Andre Gomesh, 75), Ronaldu.

Shveytsariya – Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner, Juru, Shakiri, Jaka, Froyler (Zakariya, 46), Djyemaili (Tsuber, 66), Mexmedi (Embolo, 66), Seferovich.

Ogohlantirishlar: Froyler (27), Elizeu (45), Zakariya (69).

 

H guruhi

Gretsiya – Gibraltar 4:0 (1:0, 3:0)

Gollar: 1:0 – 32 Torosidis, 2:0 – 61 Mitroglu, 3:0 – 63 Mitroglu, 4:0 – 78 Yanniotas.

Gretsiya – Karnezis, Papastatopulos, Stafilidis, Papadopulos, Torosidis, Taxtsidis, Fortunis, Xristodulopulos (Yanniotas, 74), Zeka, Mantalos, Mitroglu.

Gibraltar – Ibraim, Barnett, Olivero, Chipolina, Pons (Gilling, 72), Bardon, Uoker, Lopes (Youm, 62), Garsiya, Kumbz (Ruis, 88), Ernandes.

 

Belgiya – Kipr 4:0 (1:0, 3:0)

Gollar: 1:0 – 12 Azar, 2:0 – 52 Azar, 3:0 – 63, penalti Azar, 4:0 – 78 Lukaku.

Belgiya – Kurtua, Siman, Vertongen, Mene (Lukaku, 66), Alderveyreld, Vittsel, Shadli, Azar (de Bryuyne, 78), Tilemans, Azar, Batshuayi (Mertens, 56).

Kipr –  Panagi, Layfis, Aleksandru (Kastanos, 46), Merkis, Artimatas (Nikolau, 90), Margasa, Laban, Katelaris, Kiryaku (Xaralambidis, 64), Demetriu, Soteriu.

Ogohlantirish: Laban (68).

 

Estoniya – Bosniya va Gertsegovina 1:2 (0:0, 1:2)

Gollar: 0:1 – 48 Xayrovich, 1:1 – 75 Antonov, 1:2 – 84 Xayrovich.

Estoniya – Aksalu, Baranov, Klavan, Pikk, Mets, Luts, Antonov, Teniste, Zenev (Tamm, 69), Aner (Yaager, 77), Kyayt.

Bosniya va Gertsegovina – Begovich, Tsotsalich, Kolashinats (Dumich, 46), Sushich, Zukanovich, Krunich, Tsimirot, Medunyanin, Xayrovich, Kodro (Dulevich, 75), Ibishevich (Djyeko, 65).

Ogohlantirishlar: Klavan (20), Ibishevich (51), Xayrovich (78), Luts (90).

Top