13:21 / 14.10.2017
11110

195 000 000 so‘mga chuv tushirgan firibgar qo‘lga olindi

Yunusobod tumanida IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan yer maydonini sotishni va'da qilib, jami 195.000.000 so‘m pulini aldab olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan firibgar qo‘lga olindi. 

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yunusobod tumanida 6 avgust kuni soat 10.00 da, 1963 yilda tug‘ilgan,  Anorzor ko‘chasi 10 uyda yashovchi N.G‘. Anorzor ko‘chasi 10 uyda, 1981 yilda tug‘ilgan, Uchtepa tumani, Taqachi ko‘chasida yashovchi M.M.ga Toshkent viloyati, Qibray tumani, Baytqo‘rg‘on QFYda joylashgan yer maydonini sotishni va'da qilib, 35.000.000 so‘m pulini, 2016 yil 18 fevral kuni, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Tovoqsoy MFYda joylashgan yer maydonini sotishni va'da qilib, 100.000.000 so‘m pulini va 22 may kuni, ushbu yer maydoni xujjatlarini rasmiylashtirish uchun deb, 60.000.000 so‘m pulini olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlanib, ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.G‘.ga nisbatan Yunusobod tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Top