O‘zbekiston | 21:30 / 16.10.2017
31644
1 daqiqa o‘qiladi

Ramzan Qodirov o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 oktabr kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi. 

Checheniston rahbari O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul hamda otasi Ahmad hoji Qodirov tahsil olgan islom sivilizatsiyasining tarixiy markazlarini ziyorat qilish maqsadida mamlakatimizga tashrifini tashkil qilgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. 

Shuningdek, u ko‘p millatli o‘zbek xalqiga chuqur ehtiromini bildirib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib qilish borasida olib borayotgan siyosati va xalqaro tashabbuslariga yuksak baho berdi. 

Suhbat so‘ngida Ramzan Qodirov ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashda faol ishtirok etishga tayyor ekanini ta'kidladi. 

Mavzuga oid