10:10 / 20.10.2017
7145

Dehlida havoning ifloslanishi xavfli darajaga yetdi

Foto: HDTV

Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida juma, 20 oktabr kuni havo holati «juda yomon» darajaga yetdi. Bu haqda HDTV xabar bermoqda.

Havo holatining yomonlashishi Divali olovlar festivalidan so‘ng qayd etildi. Festival paytida ishtirokchilar ko‘chalarda petardalar hamda mushaklarni otishadi.

Ta'kidlanishicha, shaharning ba'zi tumanlarida havo ifloslanishi darajasi belgilangan normadan bir necha barobarga oshib ketdi.

O‘tgan yili esa Hindiston poytaxtida Divali nishonlanganidan so‘ng havoning ifloslanish darajasi me'yordagidan 42 barobarga ko‘p bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top