O‘zbekiston | 20:40 / 20.10.2017
20180
1 daqiqa o‘qiladi
Xalq ta'limi vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
Jahongir Rahmonovich Sidiqov Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu haqdagi qarori 19 oktabr kuni imzolangan.
Jahongir Sidiqov 2014 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjyeti bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 19 oktabr kuni Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta'lim vazirligining yangi rahbari Agrepina Shinga o‘rinbosar etib tayinlandi.
Mavzuga oid
09:28 / 24.04.2024
Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda ilmiy daraja oldi
13:03 / 12.09.2023
Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
08:32 / 06.09.2023
Qibray tumani hokimiga besh nafar o‘rinbosar tayinlandi
08:21 / 21.01.2023