08:02 / 20.10.2017
5652

Rossiyalik mashhur aktyor yosh kinoijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazdi

Foto: Kinematografiyani rivojlantirish markazi

15-20 oktabr kunlari O‘zbekistonda rossiyalik kinoijodkorlar guruhi ishtirokida Rossiya kino haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. 

19 oktabr kuni haftalik doirasida rossiyalik mashhur aktyor Aleksandr Peskov Kinematografiyani rivojlantirish markazida Yosh kinoijodkorlar kengashi a'zolari uchun mahorat darsi olib bordi. Mazkur tadbirda Rossiya kino kunlari uchun tashrif buyurgan delegatsiya a'zolari ham ishtirok etishdi. 

Foto: Kinematografiyani rivojlantirish markazi

Mahorat darsi mobaynida yosh kinojodkorlar o‘zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Aleksandr Peskov aktyorlik mahorati va kinodagi janrlar xususida so‘zlar ekan, o‘zining sevimli rollaridan parchalar ham ijro etib berdi. 

O‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlarning sohaga qiziqishi, o‘zbek kinematografiyasi kelajagini yanada rivojlantirishga bo‘lgan ishtiyoqini ko‘rgan rossiyalik ijodkorlar Yosh kinoijodkorlar kengashi rahbariyatiga kelajakda ham hamkorlikni davom ettirish taklifini bildirishdi. 

Foto: Kinematografiyani rivojlantirish markazi

Noyabr oyining so‘nggi haftasida bo‘lib o‘tadigan “PROlogue” – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar III Respublika festivali doirasida rossiyalik kinoijodkorlarning o‘zbekistonlik yoshlar uchun mahorat darslari o‘tishiga kelishib olindi. 

Top