Jamiyat | 15:40 / 24.10.2017
43276
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda namoyishi to‘xtatilgan film ekranlarga chiqdi
O‘zbekistonda Hollivud yulduzi Morgan Friman suratidan kino reklamasida beruxsat foydalangani bois namoyishi to‘xtatilgan “Daydi” filmi ekranlarga chiqdi. Film rejissyori Sirojbek Abdullayevning KUN.UZ’ga xabar berishicha, kartina 11 oktabrdan ekranlarga chiqqan.
Sirojbek Abdullayevning rejissyor sifatidagi ilk filmi 11 fevraldan ekranlarga chiqarilishi lozim edi. Biroq "O‘zbekkino" agentligi filmni reklama qilishda bir qator qonunbuzilish holatlari kuzatilgani sabab film taqdimotini o‘tkazish va uni namoyish qilishni to‘xtatib qo‘ygandi.
Rejissyorning bildirishicha, kamchiliklarni bartaraf qilgach, film namoyishiga qayta ruxsat olgan.