Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning 3 tonnali AT200 yuk tashuvchi pilotsiz uchish moslamasi ilk parvozni amalga oshirdi
Foto: Sinxua
Xitoyning AT200 rusumli muqobil parvoz qurilmasi (MPQ) sinov parvozini amalga oshirdi. Qurilma Xitoy FA Issiqlik fizikasi instituti xodimlari tomonidan P750XL Yangi Zelandiyaning P750XL samolyoti negizida ishlab chiqilgan. Konstruktsiyaga kiritilgan turli o‘zgarishlar natijasida uchuvchisiz uchar qurilma (UUQ) 3,4 tonnalik maksimal parvoz vazniga ega bo‘ldi. U sinov chog‘ida 200 metrda tezlashganidan so‘ng, 26 daqiqa mobaynida parvoz qilgan.
Institut xodimlariga ko‘ra, AT200 — ayni vaqtda mavjud eng og‘ir UUQ hisoblanadi. U bortida 1,5 tonnaga foydali yuknii tashiy oladi. Samolyotning eng yuqori tezligi soatiga 313 kmni tashkil etib, 6 km balandlikda 2 kmgacha masofani ortda qoldira oladi.
Hozircha, yangi UUQni seriyali ishlab chiqish muddati va uning narxi ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
09:29
Bryansk viloyatining bir qismi dron zarbalaridan keyin elektrsiz qoldi
23:24 / 14.02.2026
Pentagon dronlarni elektromagnit impuls yordamida ishdan chiqarish yo‘lini topdi
12:36 / 09.02.2026
Rossiya kechasi Ukrainaga 100 tadan ortiq dron bilan hujum qildi
22:37 / 02.02.2026