17:10 / 31.10.2017
13418

Apple tanazzulga uchrashi taxmin qilinmoqda

Foto: AFP

Apple kompaniyasining yangi iPhone X qurilmasi korporatsiya uchun og‘ir damlarni boshlab berishi mumkin. Business Insider shu haqida xabar berdi.

So‘nggi o‘n yillikda kompaniyaning moliyaviy faoliyati asosan bir mahsulotga bog‘liq bo‘lib kelgan — iPhone. Bugunga kelib, smartfonlar sotuvi tushumi korporatsiya daromadining 60-70 foizini tashkil qiladi. 

iPhone tarixining aksariyat qismida Apple sondan sifatni afzal bilib, yiliga bittadan yangi model ishlab chiqargan. 2013 yilda korporatsiya ikki model ishlab chiqardi, 2017 yilda esa birinchi marta uch modelini namoyish etdi. Assortiment xilma-xilligi turli xavf-xatarlarni qisqartiradi, biroq iPhone'ga nomutanosib e'tibor qaratish yaqin-yaqindan buyon investorlar kuzatayotgan xavf omilini yuzaga keltirdi: Kutilmaganla bu mahsulot muvaffaqiyatsizlikka uchrasa-chi?

Nashrga ko‘ra, yaqin kunlargacha iPhone tanazzuli imkoni dolzarb emas edi, hattoki Siri dasturi yoki 3D Touch funksiyasi faoliyatidagi nosozlikka doir xabarlar tarqalganda ham. Bunday holatlarda Apple muammoni bartaraf etishga va iste'molchilarni ularga aynan shu smartfon kerakligiga ishontirishga muvaffaq bo‘ldi.

Portal iPhone tanazzulining ikki variantiga ishora qilmoqda: yo mahsulotning o‘zi xaridorlarda katta taassurot qoldirmaydi, yoki Apple mahsulotga bo‘lgan talabni qondira olmaydi. 

Oxirgi variant haqiqatga yaqinroq, deyiladi manbada: yangi flagmanning tanazzulga yuz tutish imkoni oshib bormoqda, smartfonning ko‘rinishi ajoyib, biroq Apple unga bo‘lgan talabni qondirishga qodir emas. Boshqacha qilib aytganda, iPhone'ning kutilgan natijalarga erisha olmayotgani investorlar uchun "yomon tush"ga aylanmoqda, u korporatsiya uchun eng muhim bo‘lgan chorakda uning moliyaviy ko‘rsatkichlariga jiddiy ziyon yetkazadi.

Top