23:04 / 01.11.2017
44137

AQSh diplomati: "O‘zbekiston nomi yangiliklarda, afsuski, ijobiy holda emas​"

Foto: Reuters

31 oktabr kuni Nyu-Yorkda yuz bergan terakt voqeasini tashkillashtirganlikda asosiy gumondor sifatida qo‘lga olingan Sayfulla Soipov O‘zbekiston fuqarosi ekani tasdiqlandi. Ushbu voqea yuzasidan AQShning Toshkentdagi elchixonasida faoliyat yuritgan sobiq xodim Mark Askino o‘z fikrini bildirdi.

"O‘zbekiston nomi yangiliklarda, afsuski, ijobiy holda emas. Ommaviy axborot vositalari kechagi mudhish mashina halokati sakkiz inson hayotiga zomin bo‘lgani haqida bong urar ekan, qotilning O‘zbekistondan ko‘chib kelganiga urg‘u bermoqda.

2001 yil 11 sentabr fojiasi yuz berganida men Toshkentda edim. O‘shanda o‘zbekistonliklarning yurtimizda bo‘lib o‘tgan fojia ketidan bizga ko‘rsatgan hamdardlik va mehr-oqibatini hech esdan chiqarmayman. Hujum uyushtirilganidan bir necha soat o‘tmasidan, [Toshkentdagi] Amerika elchixonasi gullar-u, hamdardlik maktublariga to‘lib ketgandi.

O‘zbekistonliklar men va turmush o‘rtog‘im bilan ko‘rishgan paytlari [AQShda] bo‘lib o‘tgan mudhish voqea yuzasidan afsusda ekanliklarini bildirishgan. Qurbon bo‘lganlar ichida o‘zbeklar ham bor edi. AQSh Grin-karta lotereyasi ko‘plab o‘zbekistonliklarning bu yerga ko‘chib kelishiga imkon yaratadi. Ular juda mehnatkash, vatanparvar odamlar, bundaylar bizning ko‘pmillatli jamiyatimizni yanada boyitishadi.

Bir ahmoqning qilgan ishlarini u kelib chiqqan butun bir millat bilan bog‘lash noto‘g‘ri. Shuningdek, bu fojiadan foydalanib, Grin-karta lotereyasiga tahdid solish uyat", deydi u.

Mavzuga oid
Top