12:30 / 08.11.2017
7968

Anzur Ismoilov Xitoy Superligasi ramziy terma jamoasidan joy oldi

Foto: Getty Images

Futbol statistikasiga ixtisoslashgan WhoScored nashri Xitoy Superligasining 2017 yil mavsumidagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

Undan O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov joy oldi. Joriy mavsumda u «Chanchun Yatay» klubining 24 o‘yinida maydonga tushib, 3ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Terma jamoa sardori Odil Ahmedov «Shanxay SIPG» yetakchilaridan biri bo‘lsa-da, ramziy termaga kiritilmadi. 

Ramziy terma jamoa tarkibi quyidagicha:
Darvozabon:
 Yu Lei (Guanchjou Fuli)
Himoyachilar: Miao (Guanchjou Fuli), Linpeng (Guanchjou Evergrand), Anzur Ismailov (Chanchun Yatai), Jipeng (Guanchjou Fuli)
Yarimhimoyachilar: Renatino (Guanchjou Fuli), Oskar (Shanxay SIPG), Gulart (Guanchjou Evergrand), Zaxavi (Guanchjou Fuli)
Hujumchilar: Halk (Shanxay SIPG), Lavessi (Xebey Chayna Forchun)

Top