11:30 / 08.11.2017
36577

“O‘zbekoziqovqatxolding” anor va xurmo uchun belgilangan xarid narxini oshirdi

Illyustrativ foto

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi “O‘zagroeksport” AJ anor va xurmo mevalarini dexqon va fermer xo‘jaliklariga maqbul bo‘lgan narxlarda sotib olmoqda.

Joriy yilda eksport salohiyatini oshirish maqsadida mevali bog‘lardan olinadigan anor xamda xurmo mevalari eksportini tizimli tashkil etish, istiqbolli tashqi bozorlarga chiqish, mahsulot eksport mavqeini ko‘tarish maqsadida “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi “O‘zagroeksport” AJ fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan anor mevasini xarid qilishni boshlanganini e'lon qilgan edi. Endilikda kompaniya mevalarni sotib olish uchun belgilangan narxni yana oshirdi. 

Shoshiling! O‘z hosilingizni kelishilgan narxda ishonchli qo‘llarga topshiring. “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi siz bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor.

Murojaat uchun telefon: +99871 129 59 59
Elektron manzil: marketing@uzagroexport.uz

Mavzuga oid
Top