15:40 / 16.11.2017
35019

«Gruppa GAZ» O‘zbekistonda NEXT avtomobillari avlodini taqdim etdi

Foto: Gruppa GAZ

15 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro «Transport va logistika – Trans Uzbekistan/Trans Logistica – 2017» ko‘rgazmasida Rossiyaning «Bazovyy Element» deb nomlanuvchi eng yirik difersifikatsiya ishlab chiqarish guruhi tarkibiga kiruvchi «Gruppa GAZ» bir qator yangi «GAZel NEXT» va «GAZon NEXT» tijorat avtomobillari va mikroavtobuslarini taqdim etdi.

Ko‘rgazmaga keltirilgan eksponatlar orasida mikroavtobuslar, mobil avtodasgohlar,xizmat ko‘rsatish ustaxonasi va C klassdagi «GAZel NEXT» tez yordam avtomobili (reanimobil), yuk mashinalari, oziq-ovqat sisternalari va «GAZon NEXT» avtopoyezdlari joy olgan.

Kompaniya tomonidan taqdim etilgan barcha avtomobillar tez orada O‘zbekiston bozoriga sotuvga chiqariladi.

"Kompaniyamiz O‘zbekiston bozorini Markaziy Osiyo mintaqasidagi kalitlardan biri deb biladi. Bu yerda "GAZ" avtomobili uzoq vaqtdan buyon mashhur va sevimlidir, biz har yili O‘zbekistonga 1000 ga yaqin texnikani sotamiz. Bugungi kunda sanoat ishlab chiqarish dinamikasi va umuman iqtisodiyotning rivojlanishi, umuman bozorning o‘sish potensiali juda katta ekanligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesning ulushi juda yuqori, bu an'anaviy tarzda yengil va o‘rta tonnali tijorat avtomobil vositalarining asosiy iste'molchisi hisoblanadi. Shu munosabat bilan, biz o‘zbek mijozlarimizga yangi modellar sonini, eng avvalo, NEXT yangi avlod mashinalari sonini oshirishni rejalashtirmoqdamiz",-deya fikr bildirdi «GAZ» savdo va marketing bo‘yicha direktori Oleg Markov.

Foto: Gruppa GAZ

O‘rta tonnali «GAZon NEXT» yuk avtomobillari ko‘rgazmada uch versiyada taqdim etildi: bort yuk mashinasi, oziq-ovqat tirkama yuk mashinasi va avtopoyezd. «GAZon NEXT»  -bu shahar va shaharlararo qatnovlar, xo‘jalik ishlari, yo‘l - qurilish kompaniyalari va kommunal xizmatlar uchun moslashtirilgan zamonaviy yuk mashinasidir. U o‘zida yuqori funksionallik va yuk ko‘tarish imkoniyatlarini, eng past narxni va sinfiy egalik xususiyatini o‘z ichiga oladi. Yuqori ishonchlilik avtoulovda eng yaxshi kafolat shartlarini – 3 yil yoki 150 ming km masofa o‘rnatish imkonini berdi. Kapot komponovkasi avtomobilning ergonomikligini va xavfsizligini ta'minlaydi.

«GAZon NEXT» 5 tonnagacha yuk ko‘tara oladi, o‘rindiqlar soni 3tadan 7tagacha. Xizmat ko‘rsatish servisi oralig‘i 20 000 km. Mashina eng zamonaviy dizel yoqilg‘i agregati hisoblangan YaMZ-534 kuchli va iqtisodiy dvigatel bilan jihozlangan.

Foto: Gruppa GAZ

O‘zbekistonda Gorkiy avtomobil zavodining rasmiy distribyutori sifatida «BEKOLE-BIZNES» MChJ kompaniyasi qatnashmoqda. Kompaniya bir qator GAZ markali transport vositalari: yuk mashinalari, furgonlar va «GAZel Biznes», «Gazel NEXT», «Sobol Biznes» va yana ko‘plab mikroavtobuslar sotuvini amalga oshiradi. Avtomobillar Toshkent, Buxoro, Jizzax, Urganch, Nukus va Samarqand shaharlarining rasmiy avtosalonlarida sotiladi.

Top