15 noyabr kuni Toşkentda bölib ötgan xalqaro «Transport va logistika – Trans Uzbekistan/Trans Logistica – 2017» körgazmasida Rossiyaning «Bazovyy Element» deb nomlanuvçi eng yirik difersifikatsiya işlab çiqariş guruhi tarkibiga kiruvçi «Gruppa GAZ» bir qator yangi «GAZel NEXT» va «GAZon NEXT» tijorat avtomobillari va mikroavtobuslarini taqdim etdi.

Körgazmaga keltirilgan eksponatlar orasida mikroavtobuslar, mobil avtodasgohlar,xizmat körsatiş ustaxonasi va C klassdagi «GAZel NEXT» tez yordam avtomobili (reanimobil), yuk maşinalari, oziq-ovqat sisternalari va «GAZon NEXT» avtopoyezdlari joy olgan.

Kompaniya tomonidan taqdim etilgan barça avtomobillar tez orada Özbekiston bozoriga sotuvga çiqariladi.

"Kompaniyamiz Özbekiston bozorini Markaziy Osiyo mintaqasidagi kalitlardan biri deb biladi. Bu yerda "GAZ" avtomobili uzoq vaqtdan buyon maşhur va sevimlidir, biz har yili Özbekistonga 1000 ga yaqin texnikani sotamiz. Bugungi kunda sanoat işlab çiqariş dinamikasi va umuman iqtisodiyotning rivojlanişi, umuman bozorning ösiş potensiali juda katta ekanligini körsatadi. Bundan taşqari, Özbekistonda kiçik va örta biznesning uluşi juda yuqori, bu an'anaviy tarzda yengil va örta tonnali tijorat avtomobil vositalarining asosiy iste'molçisi hisoblanadi. Şu munosabat bilan, biz özbek mijozlarimizga yangi modellar sonini, eng avvalo, NEXT yangi avlod maşinalari sonini oşirişni rejalaştirmoqdamiz",-deya fikr bildirdi «GAZ» savdo va marketing böyiça direktori Oleg Markov.

Foto: Gruppa GAZ

Örta tonnali «GAZon NEXT» yuk avtomobillari körgazmada uç versiyada taqdim etildi: bort yuk maşinasi, oziq-ovqat tirkama yuk maşinasi va avtopoyezd. «GAZon NEXT»  -bu şahar va şaharlararo qatnovlar, xöjalik işlari, yöl - quriliş kompaniyalari va kommunal xizmatlar uçun moslaştirilgan zamonaviy yuk maşinasidir. U özida yuqori funksionallik va yuk kötariş imkoniyatlarini, eng past narxni va sinfiy egalik xususiyatini öz içiga oladi. Yuqori işonçlilik avtoulovda eng yaxşi kafolat şartlarini – 3 yil yoki 150 ming km masofa örnatiş imkonini berdi. Kapot komponovkasi avtomobilning ergonomikligini va xavfsizligini ta'minlaydi.

«GAZon NEXT» 5 tonnagaça yuk kötara oladi, örindiqlar soni 3tadan 7tagaça. Xizmat körsatiş servisi oraliği 20 000 km. Maşina eng zamonaviy dizel yoqilği agregati hisoblangan YaMZ-534 kuçli va iqtisodiy dvigatel bilan jihozlangan.