Jahon | 19:39 / 19.11.2017
9107
4 daqiqa o‘qiladi

Lotin Amerikanig muqobil energiya inqilobi

Foto: GETTY IMAGES

Asrlar mobaynida Lotin Amerikasining tabiiy zaxiralari jahon iqtisodiyoti rivojiga turtki berib keldi. Ispaniya imperiyasi kuchiga kuch qo‘shgan kumush konlaridan Xitoyni qayta qurishda qo‘l kelgan temir va mis eksporti singari mintqaning tabiiy zaxiralari dunyo bo‘ylab yetkazib berildi. Ammo, endilikda, mintaqa bo‘ylab qayta tiklanuvchi energiyaning o‘sishi yangi iqtisodiy fenomenni namoyish qilmoqda. Tabiiy zaxiralar milliy iqtisodiy o‘sish uchun xizmat qilmoqda. 

Lotin Amerikasi so‘nggi yillarda shamol, quyosh, geotermal va bioyoqilg‘i energiya manbalaridan ulkan natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Bu ko‘plab biznes imkoniyatlarini barpo etadigan energiya inqilobini aks ettiradi. 

Neftga bog‘liqlik

Ayni vaqtda Lotin Amerikasi hamon tabiiy zaxiralaridan biri neftga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. British Petroleum statistika hisobotiga ko‘ra, Lotin Amerikasi dunyo neft zaxirasining 20 foiziga ega bo‘lgani, uning ushbu mahsulotga bog‘liqligini izohlasa ajab emas. 2013 yili mintaqa energiya ta'minotining 46 foizi neftga bog‘liq bo‘lgan. Bu jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkich bo‘lgan 31 foizdan sezilarli ko‘pdir.
 
Transport nuqtainazaridan baholanganida ham neft mahsulotlari o‘z o‘rnini mustahkam egallab olgan. Elektromobillar va gibrid mashinalar global miqyosda keng tarqalishi sekin kechayotgan bir vaqtda, bu kabi transport vositalarining Lotin Amerika mintaqasida kamdan-kam ko‘zga tashlanishini tushunsa bo‘ladi. Braziliya etanol yoqilg‘isi ishlab chiqarish sohasida ancha ilgarilab ketdi. Biroq neft va undan ishlab chiqilgan yonilg‘i mahsulotlari hamon birinchi raqamli bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, Lotin Amerikasining ancha eski rusumli avtomobillari parki o‘rta istiqbolda elektromobillarga o‘tishni ortga suradi. 

Lekin Lotin Amerika elektr energetikasi ishlab chiqarish sohasi allaqachon neft qaramlikdan qutula oldi. Inter Ameriken Bank ma'lumotlariga binoan Lotin Amerikasi 2015-2040 yillarda elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini deyarli ikki barobarga oshiradi va qo‘shimcha ravishda 1,500 TVt/soat elektr energiyasiga muhtoj bo‘ladi. Bu Buyuk Britaniyaning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini 5 yil mobaynida uzluksiz ta'minlash demakdir. Amalda Lotin Amerikasining yangi yirik energiya ishlab chiqaruvchi zavodlari yoqilg‘i asosida ishlamasligi bilan turli zamonaviy texnologiyalarga yo‘l ochadi. 

An'anaviy ravishda neft mahsulotlari import qiluvchi Markaziy Amerika va Karib dengizi havzasidagi mamlakatlar yoqilg‘i asosida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi davlatlar sirasiga kirganligi sababli, aynan ular neft mahsuloti asosida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi IESlardan voz kechmoqda. Ayrim hollarda, masalan Dominikan respublikasi uchun bu ko‘mirga o‘tishni anglatadi. Ammo Lotin Amerikasining aksar mamlakati atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari sababli kelajakda ko‘mir yoquvchi IESlarni o‘zlashtirmaydi. 

Mavzuga oid