Jahon | 15:12 / 25.11.2017
16636
1 daqiqa o‘qiladi

«Biz tayyormiz». Nazarboyev Misr prezidentiga murojaat qildi 

Foto: President.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona Misr hukumati bilan zamonaviy dunyodagi tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishga tayyor ekanini ma'lum qildi, shuningdek, Sinay shimolida yuz bergan terakt tufayli ta'ziya izhor etdi.

«Qozog‘iston Misr bilan hozirgi vaqtdagi tahdidlar bilan kurashish bo‘yicha hamkorlikka har doim tayyor. Bu mamlakatlarimiz tinchligi va xavfsizligini ta'minlash uchun kerak», - deyiladi Nazarboyevning Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiyga yo‘llagan maktubida.

Eslatib o‘tamiz, portlash Sinay shimolidagi Al-Arish shahridan uncha uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan masjidda ro‘y berdi. Jangarilar juma namozi vaqtida portlovchi qurilmani harakatga keltirishgan, so‘ng masjiddan yugurib chiqayotgan odamlarni o‘qqa tutishgan.

So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, hodisa oqibatida 235 kishi halok bo‘ldi.

Mavzuga oid