08:51 / 26.11.2017
5524

Rojyer Federer faxriy doktor unvonini oldi

Foto: Getty Images

Shveytsariyalik mashhur tennischi Rojyer Federer Bazel universitetining faxriy doktor unvonini oldi.

Endi “Maestro” tennischining yagona taxallusi emas.

Universitetning tibbiyot fakulteti Federerga ushbu unvonni uning Bazel va mamlakat nufuziga qo‘shgan hissasi va xayriya ishlari uchun topshirdi.

“Men bu mukofotni olganimdan “Katta dubulg‘a” musobaqalarini yutgandek xursandman”, deb aytdi Federer.

36 yoshli sportchining xayriya jamg‘armasi Afrikada ta'limni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Federer jamg‘armasining 14 yillik faoliyati davomida 850 mingdan ko‘proq bola bepul ta'lim olish imkoniga ega bo‘lgan.

Avvalroq Federer GQ jurnali talqiniga ko‘ra, sayyoramizning eng nufuzli erkaklari o‘ttiztaligidan joy olgandi. “Maestro” mavsum davomida 7 ta musobaqa, jumladan “Katta dubulg‘a”ga kiruvchi Australian Open va Uimbldonda g‘olib bo‘ldi. Bu g‘alabalar evaziga shveysariyalik sportchi 2017 yilgi mavsumni ATP reytingida 2-o‘rin bilan yakunladi.

Mavzuga oid
Top