20:13 / 01.12.2017
13268

Andijondagi “Saxovat uyi”da fuqarolik pasportlari tantanali tarzda topshirildi

Foto: KUN.UZ

Muassasada 77 nafar ko‘ngli yarim, mehrga muhtoj otaxon va onaxonlar istiqomat qiladi. Maskanda yashovchilar yaratilgan shart-sharoit, va qulayliklardan mamnun ekanligini bildirishsa-da, ularning ko‘zlariga boqib, insonlarning shirin so‘zi va e'tiboriga muhtoj ekanligini his qilasiz.

Andijon shahar IIB tomonidan “Saxovat uyi” internatidagi 57 nafar yashovchiga fuqarolik pasportini topshirish marosimi tantanali tadbir sifatida tashkil qilindi.

Andijon shahar ichki ishlar Boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan keksa va nogiron fuqarolarga biometrik pasportlarni istiqomat qiladigan joylariga borib  topshirish yo‘lga qo‘yilgan.     

Bo‘lim tomonidan tashkil qilingan ishchi guruh hududlarda bo‘lib, o‘sha joyning o‘zida biometrik talabnomalar shakllantiryapti. Tayyor bo‘lgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar haftaning har payshanbasida o‘tkaziladigan profilaktika kuni doirasida mas'ul shaxslar ishtirokida tantanali tarzda topshirilmoqda. Shu kungacha viloyatda 250 dan ziyod  keksa va nogiron insonlarga fuqarolik pasporti yashash joyining o‘zida berildi. 

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Top