Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshaning 300 mingga yaqin aholisi elektr energiyasiz qoldi
Polshada kuzatilgan kuchli qor yog‘ishi oqibatida 300 ming kishi elektr manbaidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda hukumat xavfsizlik markazi direktori Marek Kubyak ma'lum qildi.
O‘tgan kunlarda Polshada mavsumdagi ilk qor yog‘ishi kuzatildi. Xususan, Varshavada 24 soat mobaynida tinimsiz qor yoqqan.
Kubyakning Twitter sahifasida yozishicha, tinimsiz va kuchli qor yog‘ishi oqibatida 292 ming kishi elektr ta'minotidan uzilgan.
Meteorologlarning ma'lumotlariga ko‘ra, Polshada bugun ham vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi davom etadi.
Mavzuga oid
10:22 / 06.01.2026
Toshkent aeroporti elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi
22:59 / 20.12.2025
Qish energotizimni sinamoqda. Bugun qayerlarda svet o‘chdi?
20:41 / 15.12.2025
Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi
14:45 / 05.12.2025