Prokuratura Andijon shahar hokimining nojo‘ya harakatini tekshirmoqda

Andijon viloyat prokuraturasi Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev ishi bo‘yicha tergov ishini boshladi. Bu haqda ishonchli manba Kun.uz'ga xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, Dilmurod Rahmatullayev ayni paytda xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi, deputat hisoblanadi. Shu boisdan, hokimga nisbatan tergov harakatini davom ettirish uchun viloyat prokuraturasi vaqtincha «deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish» to‘g‘risidagi so‘rovni tayyorlagan.
Qonunchilikda nazarda tutilgan muddatga ko‘ra, deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi masala viloyat, tuman, shahar prokurorining yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari Kengashi tomonidan o‘n kun ichida hal etiladi. Shuningdek, xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir qarori darhol tegishli prokurorga yuboriladi.
Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etishi, unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoni nazarda tutadigan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab bo‘ladigan holat hisoblanadi. Prokuratura ushbu vaziyatga tegishlicha huquqiy baho berishi va tergov-surishtiruv ishini davom ettirishi ana shu Kengash qaroriga muvofiq bajariladi.
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish
«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi qonunda deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish haqida ko‘rsatib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir qarori darhol tegishli prokurorga yuboriladi.
12-modda. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish tartibi
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi masala tegishincha viloyat, tuman, shahar prokurorining yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari Kengashi tomonidan o‘n kun ichida hal etiladi.
Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etishi unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoni nazarda tutadigan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab bo‘ladigan holat hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Yashil” davlat xaridlarini qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi
O‘zbekiston | 11:12
-
Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Jahon | 10:55
-
Germaniya TIV rahbari va uning hamkasblari Eron TIV rahbari bilan uchrashuvni rejalashtiryapti
Jahon | 10:54
-
Yuridik litseylar bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:48
Mavzuga oid

00:51 / 18.06.2025
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

09:53 / 15.06.2025
Andijonda temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi

22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi

22:28 / 03.06.2025