09:54 / 12.12.2017
52215

«Amerika orzusi». AQShga ko‘chib ketmaslikka 10 sabab

Foto: Getty Images

«Xorijda» Telegram-kanali muallifi Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tgandan keyin qanday qiyinchiliklar bilan to‘qnash kelish mumkinligi va ulardan o‘tish «qiymati» haqida ma'lumot berdi.

Men har kuni o‘z Telegram-kanalim o‘quvchilaridan ko‘plab savollar olaman, ularning aksariyatida shunday so‘zlar bor: «Ko‘chib ketish kerakmi yoki yo‘q?». Boshqa tomondan, men yuzlab amerikalik muhojirlar bilan tanishman, ularning taqdirini kuzatdim va bir necha xulosalarga keldim. Birinchilarga ikkinchilarning tajribasi asosida javob berishga harakat qilib ko‘raman.

Barcha muhojirlikni turlicha boshidan kechiradi: ba'zilarda ko‘chib o‘tish yengil kechadi va metamfetamin eyforiyasini uyg‘otsa, boshqalarda butun hayoti fojiaga aylanadi. Ma'lum bir inson uchun muhojirlik qiyinchiliklari obektiv parametrlar bilan belgilanadi: ingliz tilini bilish, talabgir mutaxassislikka ega bo‘lish, moliyaviy imkoniyatlar va legal maqomga erishish bo‘yicha qulay variantlar.

Bu parametrlarni o‘lchash (son bo‘yicha) va baholash (sifat jihatidan) mumkin: ingliz tilini bilish darajalari bor, talabga ega mutaxassisliklar hammaga ma'lum (dasturchilar, muhandislar, olimlar, tadbirkorlar, sportchilar va hokazo), moliyaviy imkoniyatlar nollarning ma'lum miqdori bilan o‘lchanadi, legal maqomga erishish variantlari esa avvaldan tushunarli (oila bilan birlashish, lotereyani yutib olish, olingan ishlash vizasi, investitsiyalar orqali grin-karta) va ba'zan ancha murakkabdir (fuqarolikka ega inson bilan oila qurish, siyosiy boshpana, AQSh hududida ish beruvchini izlash hamda boshqalar).

Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha istalgan muhojirni «yaxshi - yomon» tomonga joylashtirish mumkin hamda inson «yomon» tomonga qanchalik yaqin bo‘lsa, Amerika orzusining o‘rniga Pompey halokatini qo‘lga kiritishi ehtimoli shunchalik yuqoridir.

Bu maqolada – AQShga ko‘chib ketmaslik bo‘yicha o‘nta sabab keltiriladi. Bu agarda siz yo‘lning eng boshida turgan bo‘lsangiz, juda foydali maslahatlarga aylanishi mumkin.

1. Muhojir kompleksi

Muhojir kompleksi – bu mahalliy aholiga nisbatan o‘zining «ikkinchi toifali» ekanini his qilish tuyg‘usi bo‘lib, o‘z kuchiga to‘g‘ri baho berish, ish unumdorligi va hattoki sog‘liqqa ta'sir ko‘rsatadi. Kompleks o‘zini o‘rab turgan muhit bilan taqqoslash fonida rivojlanadi: ular til biladi, men – yo‘q; ularda hujjatlar bor, menda – yo‘q; ular yaxshi joylarda ishlaydi, men – yo‘q; ular katta uylarni sotib oladi, men bittagina xonani ijaraga olaman.

Barcha muhojirlar ham bu kompleks bilan to‘qnash kelmaydi, biroq bunga uchraydiganlar, uni og‘ir qabul qiladi, ko‘plar esa hayotdagi eng murakkab davr sifatida baholashadi.

Mening nazariyamda aynan muhojir kompleksi ko‘chib o‘tayotganlarda uzoq muddatli tushkunlik – depressiyaga sabab bo‘ladi.

Muhojirning to‘rtta parametr bo‘yicha (ingliz tili, pullar, mutaxassislik, legal faoliyat) pozitsiyasi qanchalik kuchsiz bo‘lsa, o‘ziga yetarli baho bera olmaslikning rivojlanish ehtimoli shunchalik yuqoridir. Holat uning paydo bo‘lish sabablari bilan emas (tilni – o‘rganish, hujjatlarni – olish, ishni – topish, uyga esa – mablag‘ ishlab topish mumkin), balki o‘z qadrini bilish va o‘ziga ishonchning yo‘qolishi bilan xavotirli, bu insonning muvaffaqiyatlarga erishish imkonini deyarli yo‘qqa chiqaradi.

2. Ijtimoiy daunshifting

Agarda bank hisob raqami olti sonli raqam bilan xursand qilmasa, mutaxassislik esa AQShga ish bo‘yicha taklif qilish ehtimolini yo‘qqa chiqarsa, birinchi vaqtlarda juda ko‘p va o‘zingizga yarashmaydigan ishda mehnat qilishingiz talab etiladi.

AQShda hayot qiymati yuqori, demak ikki avlodning yig‘ib qo‘ygan pullarini tezda – bir necha oy ichida ko‘kka sovurish ehtimoli katta. Katta buvangiz tomonidan yig‘ib qo‘yilgan zaxirani sarflash niyatida emasligingiz, biroq qandaydir yo‘l bilan yashash kerakligi tufayli, istalgan ishga rozi bo‘lishga majbur bo‘lasiz – bu qora ishlar esa juda ham aqllilarga mo‘ljallanmagan.

Foto: Boone County Family Resources

Restoranda deyarli barcha ishlashi mumkin, biroq bu og‘ir va past haq to‘lanuvchi ishdir

Pulsiz va tilni bilmay kelganlar orasida shunday kasblar ommabopki, ularning egalari Forbes syujyetlariga kamdan-kam kiradi: qora ishchilar, quruvchilar, ofitsiant, farrosh, enaga, xostes, yuk tashuvchi, taksichi va qorovul. Ularning ko‘pchiligi o‘z vatanlarida ancha narsalarga eshirib bo‘lgan – tanishlar yordamida, omad tufayli yoki ishbilarmonlik ko‘nikmalari orqali – biroq ular ma'lum bir ijtimoiy darajani egallashgan bo‘lib, u bilan endi xayrlashish talab etiladi hamda Amerika jamiyatining eng tubiga qarab harakatlanish boshlanadi. Hamma ham bunga bardosh bera olmaydi.

3. Stress darajasi

Stress – bu organizmning muammolarga tabiiy reaksiyasi hamda u cheklangan miqdorda hattoki foydali, sababi fikrlarni tiniqlashtirishga yordam beradi. Biroq muhojir doimiy ravishda to‘qnash keluvchi stress, oddiy ish yoki o‘quv stressidan bir necha barobarga ko‘proq.

Ish izlash qiyinchiliklari, moslashish, uy-joy ijarasi (bunda sizning kredit tarixingiz yo‘qligi uchun muammolar paydo bo‘ladi), hisoblarni ochish, sug‘urta olish va yangi muhitda hayot kechirish jiddiy stress darajasiga olib kelishi mumkin, u klinik nuqtai nazardan xavflidir. Men yuqori tana harorati va stressning boshqa somatik ko‘rinishlari tufayli oyoqda tura olmagan muhojirlarni ko‘plab ko‘rganman, ular shunchaki hissiyotlarini jilovlay olishmagan.

Foto: Everydayhealth

Bunday «yangi odam stresi» ikkita vayronakor kuchga ega: u nafaqat shunchaki yoqimsiz (istalgan o‘ta kuchli stress kabi), balki kishiga eng mas'uliyatli pallada, u ijobiy kayfiyatda va energiyaga to‘la bo‘lishi lozim bo‘lganida ta'sir ko‘rsatadi. Natijada ko‘chib o‘tish bilan bog‘liq muammolarni konstruktiv va bosqichma-bosqich hal qilish o‘rniga, inson atrofdagilardan yopiladi hamda ko‘pincha depressiya shaklini oluvchi holat bilan kurashadi. Depressiya esa – bu klinik holat bo‘lib, u jiddiy davolashsiz hech qayerga yo‘qolmaydi.

4. Baxt darajasi

Men har yili Global Wealth Report ot Credit Suisse Research Institute’ni o‘qiyman. 2017 yil uchun hisobot shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi barcha boyliklarning deyarli yarmi Shimoliy Amerika hissasiga to‘g‘ri keladi.

Foto: Suisse Research Institute

Jahon boyliklarining qariyb yarmi va Yer aholisining atigi 5 foizi Shimoliy Amerika hissasiga to‘g‘ri keladi

Biroq bu amerikaliklar va mahalliy muhojirlar barchadan baxtli hayot kechirishini anglatadimi? Har doim ham emas: boylik bilan ko‘rsatiluvchi farovonlik darajasi stress va boshqa ijtimoiy muammolar darajasiga kamaytirilishi kerak, ular moddiy o‘ziga to‘qlik bilan bir majmuada yuradi.

AQShga ko‘chib o‘tishda hayot darajasining o‘sishi (agarda muhojir Shveytsariya yoki Daniyani tark etmasa, bu, rostini aytganda, juda kamdan kam uchraydigan ssenariy) stress darajasining oshishini yopib keta olmaydi. Baxt – sub'yektiv materiya bo‘lib, uning ko‘plab omillarga bog‘liqligi inobatga olinsa, inson faqat uni voqea sodir bo‘lib o‘tgandan keyin baholashi mumkin. Ko‘plab muhojirlar oradan biroz vaqt o‘tib, ko‘chib o‘tishlaridan avval hayotlarida baxt ko‘proq bo‘lganini payqay boshlaydilar. Eng asosiysi shu emasmi?

5. Ijtimoiy integratsiya va til bilish

Siz qachonlardir o‘zingizni ko‘rinmas, hattoki minimal ijtimoiy interaksiyaga qodir bo‘lmagan sifatida his qilganmisiz? Agarda hali bu ro‘y bermagan bo‘lsa, ingliz tilini bilmaydigan muhojir olamiga marhamat qiling.

Til – bu nafaqat o‘zaro aloqa usuli, balki shaxsning asosi hamdir: agarda siz erkin gaplasha olmasangiz, o‘zingizning soyangizga aylanib qolasiz. Yaqindagina qandaydir to‘y yoki bazmda butun jamoaga yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydigan hazillarni bir soniya o‘ylab topishingiz mumkin edi, endi esa uch yoshli bola intellektual darajasida va yuz yillik toshbaqa ehtiyotkorligi bilan nima xohlayotganingizni bildirishga majbursiz.

Maslou ehtiyojlar piramidasi

Ingliz tilini bilmaslik sizni to‘laqonli ijtimoiy integratsiya imkoniyatidan mahrum qiladi. Maslou yolg‘on gapirmagan: sizning qorningiz qachon to‘ysa, sog‘lom va himoyalangan bo‘lsangiz, sizga muhabbat va tan olishlari kerak bo‘la boshlaydi, ularni esa yangi davlatda qo‘lga kiritish ancha mushkuldir.

6. Legal faoliyat olib borish

AQShda legallashish – bu nafaqat siz yangiliklarda eshitganingiz - qurol-yarog‘ va giyohvand moddalar, balki muhojirlarga kerakli hujjatlarni olish muammosi hamdir: ishga joylashish, ijtimoiy sug‘urta raqami, rezident kartalari va fuqarolik.

Barchada muhojirlik imkoniyatlari turlicha: kimdir lotereyada yutib oladi, kimdir ishga taklifni qo‘lga kiritadi (va muhojirlik vizasini), ba'zilar esa AQSh fuqarosiga aylanib bo‘lgan qarindoshi bilan birlashadi. Bunday odamlarning imkoniyati cheklangan va ular, odatda, oila qurish uchun odamni qidirishga, siyosiy boshpana so‘rashga yoki – buni ovoz chiqarib ham aytish qo‘rqinchli, biroq men bunga majburman – AQShda nolegal qolishga majburlar.

Ko‘plarning tushiga ham kirib chiquvchi ko‘k hujjat
Foto: The Boston Globe

Bunday odamlar uzoq muddat ma'lum bir holatda qoladi: ba'zilarda hujjatlarni olish jarayoni 10 yilni talab qiladi. Shu bilan birga, ijobiy qaror bo‘yicha kafolatlar yo‘q, rad javobida esa murojaat etuvchi o‘z vataniga qaytishga majbur bo‘ladi, garchi yillar davomida yangi joyga moslashib ulgurgan bo‘lsa-da. Buni fojiadan boshqa so‘z bilan ifodalash mumkin emas: inson eng qadrli va cheklangan resursini yo‘qotadi – umr yillarini.

7. Qayta ta'lim olish xarajatlari

Men butun dunyoda universal bo‘lgan bir necha kasblarni bilaman: dasturchi, bosh oshpaz, taksichi, ofitsiant. Biroq shifokorlar, yuristlar hamda muhandislar nima qilishi lozim, ularning ko‘nikmalari aniq bir davlatga, qonunlarga, normaga, texnikaga va tilga bog‘langan, axir?

Ular uzoq va har doim ham arzon bo‘lmaydigan qayta tayyorlanish jarayonidan o‘tishga majbur bo‘ladilar. U testdan o‘tkazish va litsenziya olish bilan cheklansa, bu omadning kelgani, biroq ba'zi mutaxassislarga ta'lim olishning barcha jarayonidan o‘tish hamda yangi bilimlar to‘plamini o‘zlashtirish kerak bo‘ladi.

AQShga ko‘chib o‘tish yana partaga o‘tirishga majburlaydi
Foto: The American College in Spain

Qayta ta'lim olish xarajatlari – siz egallab bo‘lgan kasbni yangi mamlakatda qo‘lga kiritishga yo‘naltirilgan vaqt, pullar va kuchni behuda yo‘qotishdir. Ba'zi odamlar uchun bu xarajatlar yuz minglab dollarga (tasavvur qiling, masalan, advokat yoki jarrohni) tushishi mumkin va ko‘chib o‘tish haqida qaror qabul qilishda muhim omil sanaladi.

8. Muhojir poygasi

Yoshi katta insonning hayoti – bu nafaqat ta'lim, ish, oila va hordiq, balki juda ko‘plab «metama'lumotlar»: bizning aloqalarimiz, tanishlar, oddiy muammolarni hal etishning muvaffaqiyatli usullari hamda odatlar. Inson aloqalarga maktab davridayoq ega bo‘la boshlaydi, universitetda buni davom ettiradi hamda katta hayotga qadam qo‘yganida o‘z atrofini butunlay shakllantiradi.

Muhojir, agarda qarindoshlar tomonidan tayyorlab qo‘yilgan tayyor joy va «asos»ga kelmasa, aloqalarni yangidan qidirishi lozim.

Qaysi klinikaga murojaat qilgan ma'qul? Qaysi tumandan uyni ijaraga olish kerak? Yaxshi yurist va riyeltorni qayerdan topsa bo‘ladi? Qisman bu muammolarni internet hamda ijtimoiy tarmoqlarda hal qilsa bo‘ladi, biroq inson juda ko‘plab «metama'lumotlar»dan ayrilib, baribir o‘zini ancha himoyalanmagan tarzda his qiladi.

9. Qarama-qarshilik va xavfsizlik

AQSh farovon bo‘lib ko‘rinsa-da – qarama-qarshiliklar hamda mojarolarga to‘la mamlakatdir: 325 million odam bir hududda yashaydi, biroq turli siyosiy qarashlar, diniy vaziyat, madaniy bekgraund, teri rangi va etnik kelib chiqish. Amerika jamiyati garchi hurmat va bag‘rikenglik tamoyillari asosida qurilgan bo‘lsa-da, ko‘plab muammolar girdobida qolgan, ularning ba'zilari esa tashqariga ham chiqib turadi, jumladan, kriminal va terrorchilik xurujlari ko‘rinishida.

2017 yilning 1 oktabr kuni Las-Vegasdagi ommaviy qotillik
Foto: Reuters/Steve Marcus

Amerikadagi ommaviy qotilliklar muammosi OAV multiplikatori effekti bilan juda haddan oshirib yuborilgan, biroq u baribir bor. Biz qotilliklar statistikasini aholi soniga tenglashtirganda, Albaniya, Niger va Turkmaniston bilan bir qatordan joy egallaymiz.

AQShda xavfli, deb bo‘lmaydi. Biroq, AQShda xavfsiz emas, deb aytsa bo‘ladi.

10. Vatanni sog‘inish

Agarda siz vataningiz qadriga yetmasangiz, sog‘inch tuyg‘usi haqida faqat kitoblarda o‘qigan bo‘lsangiz, ham birinchi, ham ikkinchisini sinab ko‘rishning eng yaxshi usuli – muhojirga aylanish. Sog‘inch turli vaqtda paydo bo‘ladi, biroq ko‘pchilikda ertami yoki kech, baribir ro‘y beradi.

Vatan – bu nafaqat dunyo xaritasidagi hududiy birlik hamda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomadagi yozuv, balki ijtimoiy-madaniy holatlarning butunboshli kompleksi: insonlar, tovushlar, hidlar, joylar, hodisalar, madaniyat, an'analar, bayramlar, xotiralar, hazillar, oshxona, muhabbat, qo‘rquv, taksichilar, ob-havo va hokazo.

Sizning hayotingizdagi muhim voqealarning aksariyati – yaxshilari yoki yomonlari – katta ehtimol bilan, vatanga bog‘langan.

Ko‘plar Amerikaga ko‘chib o‘tgandan so‘ng asl madaniyatga aloqadorligini rad eta boshlaydi, biroq bu o‘sha madaniyatga ularning ichida saqlanib qolish va vaqti-vaqti bilan yengil sog‘inch ko‘rinishida o‘zini bildirib turishiga xalaqit bermaydi.

AQShga ko‘chib o‘tish, ehtimol, hayotingizdagi eng jiddiy qarordir. U to‘g‘ri bo‘lib chiqishi uchun esa, fantastik xayollardan xoli bo‘lishi kerak. Haqiqiy reallik bilan to‘qnash kelib, o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymang, yana.

Top