«Xorijda» Telegram-kanali muallifi Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tgandan keyin qanday qiyinchiliklar bilan to‘qnash kelish mumkinligi va ulardan o‘tish «qiymati» haqida ma'lumot berdi.

Men har kuni o‘z Telegram-kanalim o‘quvchilaridan ko‘plab savollar olaman, ularning aksariyatida shunday so‘zlar bor: «Ko‘chib ketish kerakmi yoki yo‘q?». Boshqa tomondan, men yuzlab amerikalik muhojirlar bilan tanishman, ularning taqdirini kuzatdim va bir necha xulosalarga keldim. Birinchilarga ikkinchilarning tajribasi asosida javob berishga harakat qilib ko‘raman.

Barcha muhojirlikni turlicha boshidan kechiradi: ba'zilarda ko‘chib o‘tish yengil kechadi va metamfetamin eyforiyasini uyg‘otsa, boshqalarda butun hayoti fojiaga aylanadi. Ma'lum bir inson uchun muhojirlik qiyinchiliklari obektiv parametrlar bilan belgilanadi: ingliz tilini bilish, talabgir mutaxassislikka ega bo‘lish, moliyaviy imkoniyatlar va legal maqomga erishish bo‘yicha qulay variantlar.

Bu parametrlarni o‘lchash (son bo‘yicha) va baholash (sifat jihatidan) mumkin: ingliz tilini bilish darajalari bor, talabga ega mutaxassisliklar hammaga ma'lum (dasturchilar, muhandislar, olimlar, tadbirkorlar, sportchilar va hokazo), moliyaviy imkoniyatlar nollarning ma'lum miqdori bilan o‘lchanadi, legal maqomga erishish variantlari esa avvaldan tushunarli (oila bilan birlashish, lotereyani yutib olish, olingan ishlash vizasi, investitsiyalar orqali grin-karta) va ba'zan ancha murakkabdir (fuqarolikka ega inson bilan oila qurish, siyosiy boshpana, AQSh hududida ish beruvchini izlash hamda boshqalar).

Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha istalgan muhojirni «yaxshi - yomon» tomonga joylashtirish mumkin hamda inson «yomon» tomonga qanchalik yaqin bo‘lsa, Amerika orzusining o‘rniga Pompey halokatini qo‘lga kiritishi ehtimoli shunchalik yuqoridir.

Bu maqolada – AQShga ko‘chib ketmaslik bo‘yicha o‘nta sabab keltiriladi. Bu agarda siz yo‘lning eng boshida turgan bo‘lsangiz, juda foydali maslahatlarga aylanishi mumkin.

1. Muhojir kompleksi

Muhojir kompleksi – bu mahalliy aholiga nisbatan o‘zining «ikkinchi toifali» ekanini his qilish tuyg‘usi bo‘lib, o‘z kuchiga to‘g‘ri baho berish, ish unumdorligi va hattoki sog‘liqqa ta'sir ko‘rsatadi. Kompleks o‘zini o‘rab turgan muhit bilan taqqoslash fonida rivojlanadi: ular til biladi, men – yo‘q; ularda hujjatlar bor, menda – yo‘q; ular yaxshi joylarda ishlaydi, men – yo‘q; ular katta uylarni sotib oladi, men bittagina xonani ijaraga olaman.

Barcha muhojirlar ham bu kompleks bilan to‘qnash kelmaydi, biroq bunga uchraydiganlar, uni og‘ir qabul qiladi, ko‘plar esa hayotdagi eng murakkab davr sifatida baholashadi.