21:10 / 15.12.2017
35190

“O‘zbekkonsert” “Nihol” mukofoti sovrindorining litsenziyasini tugatdi

Taniqli xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori Bunyodbek Saidov nomiga berilgan litsenziya tugatildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi axborot xizmati ma'lum qilgan.


“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan nizomning 37-bandiga asosan Lisenziat “Nihol” mukofoti sovrindori Bunyodbek Saidov nomiga berilgan litsenziya 2017 yil 15 dekabrdan tugatilganligini bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga amal qilish barchamizning burchimizdir”, deyiladi taqdim etilgan ma'lumotda.

 

Mavzuga oid
Top