14:15 / 17.12.2017
42991

Dunyodagi eng noodatiy qog‘oz pullar (fotojamlanma)

Dunyoning deyarli har bir davlati o‘z pul birligi va banknotalariga ega. Quyida noodatiy dizayn va antiqa suratlarga ega qog‘oz pullar keltirilgan.

Vetnamning 200 donglik kupyurasidagi “Belarus” traktori.

Vanuatuning 500 vatusi.

Turkiyaning 10 liralik kupyurasi. Uning bir tomonida turkiyalik matematik Jaxit Arf surati va u yaratgan formula tasvirlangan.

AQShning Ohayo shtatining 23-gubernatori Salmon Cheyzning surati tushirilgan 10 ming dollarlik banknota. Bu banknotalar ilk bor 1928 yilda chiqarilgan. Qizig‘i, ushbu banknotalar hali ham muomalada yuradi.

Feldmarshal Aleksandr Suvorov Pridnestrove Moldav Respublikasi banknotasida. Suvorovning banknotada tasvirlanishi sababi – u bu respublika poytaxti Tiraspolga asos solgan.

Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushi vaqtida Pyorl-Xarborga hujumidan keyin Havayi dollarlari bosib chiqarilgandi (oddiy dollarning orqasiga “Havayi” deb yozib qo‘yilgan). Bu banknotalar Yaponiya Havayi orollarini bosib olishi ehtimoliga ehtiyot shart chiqarilgan. Bunday holatda barcha Havayi dollarlarini osongina noqonuniy deb tan olish mumkin bo‘lgan.

Liberiyada banknotalar dizayni ustida ko‘p ham “bosh qotirib o‘tirishmay”, AQSh dollariga o‘xshash valyuta chiqarishga qaror qilingan. 

20-asrning buyuk olimlaridan biri Nikola Tesla Serbiyaning 100 dinorida. 

Timsohlar va boshqa sudralib yuruvchilarning ajdodi, 200 mln yil avval yo‘q bo‘lib ketgan, deb hisoblangan latimeriya balig‘i 1952 yilda qarmoqqa tutilgan. Shundan keyin uning surati 1000 franklik kupyurada paydo bo‘lgan.

Muammar Kazzofiy Liviyaning bir dinorlik banknotasida.

Telefon ixtirochisi Aleksandr Bell Shotlandiya milliy banki kupyurasida.

Shimoliy Koreyaning 5000 vonlik banknotasida Shimoliy Koreyaning asoschisi Kim Ir Sen tug‘ilgan uy surati tasvirlangan.

Top