Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu afsonaviy Pelega tenglashib oldi
Foto: Twitter/ @realmadrid
Madridning “Real”i klublararo jahon chempionati finalida Braziliyaning “Gremio” klubini 1:0 hisobida mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi. Uchrashuv Abu-Dabidagi “Shayx Zayd” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdagi yagona golni Krishtianu Ronaldu o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Krishtianu shu goli evaziga afsonaviy Pelening natijasini qaytara oldi.
Ronalduning bu goli uning klublararo jahon chempionatlarida urgan 7 goli bo‘ldi. Portugaliyalik bu nufuzli musobaqada 4-marotaba ishtirok etgan.
Pele ham o‘z vaqtida ushbu musobaqaning muqobili bo‘lgan Qit'alararo kubok o‘yinlarida 7 marta raqiblar darvozalarini ishg‘ol qila olgan. Braziliyalik ushbu gollarni 1962 yil va 1963 yillarda “Benfika” (5 ta gol) va “Milan” (2 ta gol) darvozalariga kiritgan.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025