14:00 / 19.12.2017
9781

Boysunda o‘z uyida marixuana saqlagan ayol qo‘lga tushdi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Yuqori Machay qishlog‘ida yashovchi J.X. 61 yoshda. U ayol degan muqaddas nomiga isnod keltirdi. Jinoyatga qo‘l urib, mahalladoshlari yuzini yerga qaratdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan uning uyi ko‘zdan kechirilganda, qo‘shimcha xo‘jalik binosida to‘rt gugurt qutisiga joylangan sof vazni 10,27 gramm marixuana giyohvandlik moddasini qonunga zid saqlab kelayotgani aniqlandi. 

J.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Top