23:05 / 22.12.2017
6923

Valverde: «Bu klasiko chempionlik taqdirini hal qilmaydi»

Foto: twitter/@fcbarcelona

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde, «Real»ga qarshi o‘yindan oldin, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz favorit emasmiz. Bunday o‘yinlarda musobaqa jadvalidagi o‘rinning ahamiyati juda kam, chunki bu o‘zgacha bellashuvdir.

Har ikkala jamoa o‘rtasidagi kurash qattiq bo‘ladi. O‘z maydonida to‘p surish omili ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu tufayli, biz favorit emasmiz, degan bo‘lardim.

Oldimizdagi klasiko chempionlik taqdirini hal qilmaydi, bu aniq. Keyin nima bo‘lishi haqida esa o‘yindan so‘ng o‘ylab ko‘ramiz. Hozircha, yutsak nima bo‘ladi, durang o‘ynasakchi, yutqizsakchi, degan gaplardan foyda yo‘q. Ertaga nima bo‘lishidan qat'i nazar, yo‘l hali juda uzoq», – deb Valverde so‘zlarini keltirmoqda Goal.

Top