Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlaşga kömaklaşiş komissiyasi taşkil etiladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunçilik palatasiga murojaatnomasida ma'lum qildi.
“Men bir fikrni takrorlaşdan çarçamayman: xalqimiz hamma narsadan ustun qöyadigan adolatni hayotimizda tom ma'noda qaror toptiriş eng asosiy vazifamizga aylanişi şart. Ötgan bir yil davomida sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini ta'minlaş böyiça keng kölamli işlar boşlandi. Xususan, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlaş va tayinlaş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida heç qaysi hokimiyat böğiniga böysunmaydigan organ – Sudyalar oliy kengaşi taşkil etildi. Kengaş tomonidan sudyalikka nomzodlarni tanlaş va tayinlaşda ta'sirçan jamoatçilik nazorati örnatildi.
Nima uçun men buni bir yil repetitsiya qildim? Mana, menga olib keladi – sudga qöl qöyiş uçun. Men qanday unga qöl qöyaman, u uç oydan keyin korrupsiyaga aralaşib ketmoqda. Şuning uçun mana Sudyalar oliy kengaşi böldi. Lekin, menga olib keladi, baribir men uni köraman. Men uni qayerdan taniyman? Rosa maqtaydi. Men Oliy sudning raisi va uning muovinlaridan mutlaqo noroziman. Uç oyni içida törtovingni ham işdan olaman. Sen öylama – sayladi-yu qöyadi, deb. Yöq, menga xalq vakolat bergan, boşqa heç kim emas. Sizlarning oyoğingiz yerdan uzilsa, men insofli, deb qöyganman öşa yerga. Daftarda olib kelib, plyus-minus qilib berayotganini men ham eşitmoqdaman. Örtoq Ismoilov, u öyinlarni yiğiştiring. Umring uzoq bölmaydi. Axmedbayevning hamma generallarini qaytib olib, bilasan qayerda yuribdi hozir. IIV vaziri. Sotqinligi uçun, xiyonatçiligi uçun. IIVning vaziri şunday xiyonatçi bölib, bir-ikkita tödaga qöşilgani uçun men uning Özbekistonning vaziri bölib yurişini vijdonim qabul qilmadi, ikki generalini ham olib taşladim. General-leytenant emiş. Şuning uçun sen ham unutma. Men nega bunday qattiq gapirmoqdaman? Bu sudning tayinlaşdan oldin Andijonga özi bordi. Önta sudni olib yurib, önta mahallaga olib bordi – bironta mahallaning ahli yoki faollari sudning raisini tanimaydi. Kim u sudning raisiga vakolat beribdi osmonda yurişiga? Kim, örtoq Usmonov?
Şuning uçun jamoatçilik deganimiz – sudni tayinlaşdan oldin öşa tumanga borib, muhitini, odamlarni bilsin, odamlarning mentalitetini bilsin. Keyin marhamat – men qöl qöyib beraman. Odam bilan hamnafas bölsin u. Qaror çiqarişimiz tarbiya-ku! U qamagan odam ham Özbekiston fuqarosi-ku! Noinsof uçta turibdi mana muovin, bir tiyinga qimmat hammasi. Mening özim hali odamni tarbiya qila olmayapman. Bizda eng katta vabo – bu sudlarda.
Mazkur sohadagi islohotlarni davom ettirişimiz lozim. Şu maqsadda Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlaşga kömaklaşiş komissiyasini taşkil etiş zarur, deb hisoblayman.









