12:48 / 23.12.2017
14544

Moskvalik erkak virtual reallik ko‘zoynagi sababli halok bo‘ldi

Foto: Social Media HQ

Chaqiruv bo‘yicha Moskvadagi xonadonlardan biriga kelgan tez tibbiy yordami xodimlari boshidan jarohat olgan jonsiz holdagi erkakni aniqlashgan. Tergov qo‘mitasida erkakning o‘limiga virtual ko‘zoynakni ehtiyotsizlik bilan qo‘llash sabab bo‘lgani taxmin qilingan.

44 yoshli erkakning jasadi Marshal Jukov ko‘chasidagi uylardan birida topilgan.

“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, erkak kvartirada virtual reallik ko‘zoynagini taqqan holda yurganda, oynavand stolga urilib, uning ustiga yiqilib tushgan va buning oqibatida jarohat olib, qon yo‘qotishdan voqea joyida vafot etgan”, deb aytilgan xabarda. 

Ma'lum qilinishicha, erkakni jonsiz holda onasi aniqlagan. Ushbu voqea yuzasidan tergovgacha tekshiruv boshlangan.

Mavzuga oid
Top