10:30 / 24.12.2017
39817

Hujjatlarning nusxalarini notarial tasdiqlash talabi bekor qilindi

Foto: Kommersant.uz

O‘zbekiston hukumatining 20 dekabrdagi qaroriga asosan, fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni ancha yengillashtirildi.

Endilikda notarial tasdiqlangan nusxalar faqatgina xorijdagi faoliyat uchun zarur bo‘lgan, xorijiy davlatlar idoralari tomondan berilgan hamda apostil qo‘yilishi yoki qonuniylashtirilishi kerak bo‘lgan, shuningdek, qonunda ko‘zda tutilgan holatlar uchun zarur bo‘lgan hujjatlar uchun talab etiladi. 

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etilayotgan hujjatlarning nusxalari davlat xizmatini ko‘rsatayotgan muassasa tomondan tasdiqlanadi. Qarorga ko‘ra, me'yoriy-huquqiy hujjatlar ro‘yxatiga hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalarini taqdim qilish zaruratini bekor qiluvchi o‘zgartirishlar kiritildi.  

Misol uchun, endi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash uchun ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirishda taqdim qilinadigan hujjatlarni notarial tasdiqlash talab etilmaydi.

Top