Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda “taloq” uchun ozodlikdan mahrum qilish ma'qullandi
Hindiston parlamentining quyi palatasi (Lok sabxa) musulmonchilikda uchraydigan “uch taloq qilish” bilan ajrashish uchun jazolash ko‘zda tutilgan qonun loyihasini ma'qulladi.
“Taloq qilish” Hindiston oliy sudi tomondan avgustda noqonuniy deb tan olingandi. “Taloq qilish” erkaklarga “taloq” so‘zini uch marta aytib, zavjasi bilan rasmiy jarayonlarsiz ajrashish imkonini bergan. Oliy sud “taloq qilish” islomning bosh arkonlariga va mamlakat konstitutsiyasining fuqarolar tenghuquqligini kafolatlovchi 14-moddasiga zid kelishi haqida qaror qabul qilgan.
Ma'lum qilinishicha, “taloq” uchun jinoiy javobgarlik kiritilishini deputatlarning aksariyati qo‘llab-quvvatlagan. Belgilangan tartibotga ko‘ra, endi qonun loyihasi parlamentning yuqori palatasiga ko‘rib chiqish uchun topshiriladi. Agar qonun qabul qilinsa, qonunbuzarlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.
“Taloq qilish” Saudiya Arabistonida keng tarqalgan. Biroq ko‘pchilik musulmon davlatlarda u taqiqlangan, chunki imomlar tomondan “taloq”ning mumkinligi shubha ostiga qo‘yiladi. Biroq Hindistonda undan faol ravishda foydalaniladi. Bundan tashqari, zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi bilan ajrashish yanada “osonlashmoqda”. Erlar o‘z rafiqalarini sms-xabar orqali “taloq qilgan” holatlar ham ko‘plab uchramoqda.
Mavzuga oid
02:10 / 25.01.2026
Hindistonda epidemiyaga aylanishi mumkin bo‘lgan bedavo virus tarqalmoqda
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
20:47 / 20.01.2026
Hindistonda fil 10 kun ichida 22 kishini o‘ldirdi
14:02 / 14.01.2026