Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml 2017 yilda hafsalani pir qilgan eng muhim narsani ma'lum qildi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 2017 yilda hafsalani pir qilgan eng muhim holat sifatida Moskva va Vashingtonning munosabatlarini keltirdi, shuningdek Minsk kelishuvlari ahvolini ham tilga oldi.
«Bo‘lishi mumkin», - dedi Peskov Rossiya-Amerika munosabatlari yilning hafsalani pir qilgan eng muhim holatimi, degan savolga javob qaytarib.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, yil davomidagi bunday holatlar ichiga Minsk kelishuvlarini amalga oshirish jarayonini ham qo‘shish mumkin.
«Albatta, Minsk kelishuvlari hamon havoda muallaq turib qolgan narsa ekanidan afsus bildirish mumkin, xolos. Ularni amalga oshirishda xuddi avvalgidek oldinga siljimadik», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi matbuot kotibi.
Peskovning ma'lum qilishicha, AQShning Rossiya bo‘yicha pozitsiyasi faqat afsuslarga sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
15:30
Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazasi va NQZga hujum qildi
15:11
AFP: Rossiyaning Ukraina hududlariga havo hujumlari soni kamaygan
13:37
So‘rov: Rossiyada qolgan nemis kompaniyalari bozordan ketishni rejalashtirmayapti
10:56