Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi risola: «2017 yil ‒ shiddatli islohotlar yili»

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Bosh prokuratura va «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan hamkorlikda «2017 yil ‒ shiddatli islohotlar yili» risolasi tayyorlandi, deb yozadi Adliya vazirligi axborot xizmati
Mazkur risola o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yil davomida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan islohotlar tahliliga chuqur va atroflicha to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, undagi ma'lumotlar qisqacha axborot shaklida, infografikalar ko‘rinishida hamda fotosuratlar orqali taqdim etilgan.
Risolaning asosiy qismida o‘tgan bir yil davomida davlat hokimiyati va boshqaruvi, sud-huquq, qishloq xo‘jaligi, neft va gaz, kimyo, konchilik, energetika, qurilish, arxitektura, sog‘liqni saqlash, yo‘l-transport, to‘qimachilik, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilgan muhim ishlar, shuningdek, Davlat rahbarining 2017 yil davomida xorijiy davlatlarga qilgan tashriflari hamda O‘zbekistonga tashrif buyurgan bir necha davlat rahbarlari va nufuzli xalqaro tashkilotlar yetakchilari haqidagi ma'lumotlar hamda ular o‘rtasidagi kelishuvlar batafsil yoritilgan.
Mazkur risolaning yana bir o‘ziga xos muhim jihati shundaki, unda chet el siyosatchilari, tahlilchilari va xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga bergan baholari va bildirgan fikr-mulohazalariga keng o‘rin berilgan.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun Adliya vazirligi huzuridagi «Adolat» nashriyotiga murojaat qilishingiz mumkin.
Telefon: 0 (371) 268-28-56, 268-28-57. Faks: 0 (371) 268-28-43, 268-28-41.
Mavzuga oid
13:54 / 22.12.2025
Investitsiya vositachilari uchun xizmatlar va cheklovlar belgilandi
21:44 / 16.12.2025
Tadbirkorlik sohasidagi 1600 dan ortiq ma’muriy talab bekor qilinadi
08:42 / 12.12.2025
Adliya vazirligi feyk xat va havolalardan ogohlantirdi
10:48 / 25.11.2025