10:22 / 09.01.2018
22737

Ilon Mask raketasi AQSh maxfiy sun'iy yo‘ldoshining «boshiga yetdi»

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga qarashli Falcon 9 raketa-tashuvchisi tomonidan yakshanba kuni uchirilgan Zuma nomli maxfiy sun'iy yo‘ldosh mo‘ljallangan orbitaga yetib bormadi va okeanga qulash chog‘ida mayda bo‘laklarga bo‘linib ketdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Falcon 9 dushanbaga o‘tar kechasi uchirilgandi. Tashuvchining ko‘p martalik birinchi pog‘onasi oradan sakkiz daqiqa o‘tib, maxsus qo‘nish maydonchasiga vertikal holatda muvaffaqiyatli yetib kelgan. Biroq raketa kerakli orbitaga chiqa olmagan.

AQShda surishtiruv ishlari boshlandi, ayni damda chetdan aralashuv bo‘yicha hech qanday belgilar yo‘qligi aytilmoqda. SpaceX ro‘y bergan hodisaga izoh berishdan bosh tortdi.

Bu SpaceX kompaniyasi raketasining 2018 yildagi ilk parvozi edi. 2017 yilning noyabrida kompaniya joriy yilda taxminan 30 ta parvozni amalga oshirish rejalashtirilayotgani haqida aytib o‘tgandi.

 

Mavzuga oid
Top