22:00 / 11.01.2018
22213

«Odamlarni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan» robot oyoqqa turdi (video)

2016 yil martida bergan intervyusi vaqtida «barcha odamlarni o‘ldirish istagini bildirgan», ammo buning o‘rniga Saudiya Arabistoni fuqarosiga aylangan robot-qiz Sofiya endi yanada jozibador bo‘ldi. Unga endi ikkita oyoq tuhfa qilingan va endi u mustaqil yura olmoqda.

CES 2018 ko‘rgazmasi doirasida Hanson Robotics kompaniyasi mutaxassislari oyoqli Sofiyani namoyish etdi. Shu paytgacha robot harakatlana olmas edi va tanasining pastki qismi yo‘q edi. Ushbu robot endi soatiga bir kilometr yo‘l bosa oladi va bir qancha raqs harakatlarini bajara oladi.

Bundan tashqari, u endi 62 xil emotsiyani ifodalay oladi, ingliz tilida so‘zlaydi, boshini aylantira oladi, suhbatdoshining ko‘ziga tik boqadi.

Keyinchalik, joriy yil aprelida AQSh televideniyesidagi chiqishida dunyoni egallash istagi haqida hikoya qildi, biroq bu hazil ekanligini qo‘shimcha qildi.

Top