19:00 / 11.01.2018
13300

Wenger out! Uning o‘rniga nomzod tayyor

«Bavariya»ning sobiq ustozi Karlo Anchelotti Londonning «Arsenal» klubini boshqaradi. London klubi rahbariyati Arsen Venger bilan shartnomani uzaytirmaslikka va uning o‘rniga yozda italiyalik mutaxassisni taklif etishga qaror qilgan.

Corriere dello Sport tarqatgan xabarga ko‘ra, Karlo Anchelotti bu taklifga rozilik bergan. APLda ishlash tajribasiga ega (u o‘z vaqtida «Chelsi»da ishlagan) bu 58 yoshli murabbiy 4 yillik shartnoma tuzadi va unga yiliga 10 mln yevro miqdorida maosh to‘lanadi.

Joriy mavsumda «Arsenal» kutilganidek ishtirok eta olmayapti va ayni vaqtda turnir jadvalida oltinchi o‘rinda ketmoqda. Jamoa Angliya Kubogini tark etgan, Yevropa Ligasida guruh bosqichidan chiqqan.

Hozircha Vengerning kelajagi borasida aniq bir qarorga kelingani yo‘q. Biroq «Emireyts»da fransuz mutaxassisi bu safar shartnomasi tugaguniga qadar jamoada qolmasligiga ishonch ortib bormoqda.

Qayd etib o‘tish kerak, «Arsenal» oldindan Vengersiz kelajakka tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Joriy mavsum boshida klub  sport direktori lavozimini joriy qildi. Shuningdek Vengerning chegara bilmas vakolatlarini cheklash maqsadida klub rahbariyatida Svena Mislintata va Raul Sanllexi ish boshladi. Ilgari Venger jamoada ko‘p jihatlarga javob bersaYu hozirga kelib uning vakolatlari faqat murabbiylikka qadar qisqargan.

Anchelottidan tashqari klub bosh murabbiylik uchun, «Manchester Siti»da Gvardiolaga yordamchilik qilayotgan, sobiq jamoa sardori Mikel Arteta va yozda «Yuventus» bilan 2020 yilga qadar shartnomasini uzaytirgan Massimiliano Allegri nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda.

Top