12:29 / 13.01.2018
14619

Messi yillik maoshi 100 mln yevrodan oshgan ilk futbolchi bo‘ldi

Foto: 90Min

Lionel Messining «Barselona» bilan tuzgan yangi shartnomasiga ko‘ra oladigan yillik maoshi, ilgari aytilganidan ancha ko‘p ekani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Mediapart nashri Football Leaks taqdim etgan hujjatlarga tayanib xabar berdi.

Jurnalistlarning qo‘liga kelib tushgan Messining xomcho‘t qilingan shartnoma nusxasida futbolchi 2017 yilning yozidan 2021 yilning yoziga qadar ishlab topadigan puli 400 mln yevrodan ortiqroq ekani qayd qilingan. Rasman bu shartnoma haqida mavsum o‘rtasiga kelib xabar berildi.

Shu kungacha hech bir futbolchi bir mavsum uchun 100 mln va undan ortiq mablag‘ ishlab topmagandi. Albatta bu barcha soliqlarni qo‘shib hisoblaganda to‘lanadigan summa sanaladi. Barcha soliqlar chiqarib tashlanganda Lionel oladigan «toza» summa yiliga 50 mln yevrodan kamroq bo‘ladi. Ammo turli bonuslar evaziga futbolchining yillik okladi soliqlar bilan birga 122 mln yevrogacha yetishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Football Leaks sayti futbolchilarning transfer narxlari, oylik maoshi haqida sir tutiladigan ma'lumotlarni oshkor etish bilan shug‘ullanadi.

Top