17:04 / 17.01.2018
26588
Reklama

​​​​​​​“O’zbekoziqovqatxolding”: Meva-sabzavot eksporti kelajak sari odimlamoqda

Meva-sabzavot,poliz, dukkakli mahsulotlari, uzum, quritilgan meva-sabzavotlar eksporti borasidagi muammolarni yangicha innovatsion g‘oyalar, o‘zgacha va zamonaviy fikrlash orqali hal etish dolzarb masalalardandir.

Endilikda:

O‘zbekiston meva-sabzavot eksporti texnologik rakamli logistikaga ega bo‘ldi.

2018 yil 17 yanvar kunidan,“O’zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tomonidan yaratilgan,mutlaqo yangi andozadagi, www.uzagrotorg.com internet-maydoni sinov tarzidagi faoliyatini boshladi.  

Yangi onlayn-maydon, avvalambor, Rossiya Federatsiyasining shahar axolisi 1 milliondan ortiq bo‘lgan 15 ta hududidagi ulgurji bozorlarda mavjud meva-sabzavot mahsulotlarining turlari, hajmi va narx-navosi xaqidagi to‘liq ma'lumotlarni taqdim etishga mo‘ljallangan.

“O’zbekoziqovqatxolding”ning ushbu internet-sayti - eksportchi korxonalar vabozorlar o‘rtasidagi bog‘lovchi vazifani o‘tab berish bilan bir qatorda butun mavsum davomida meva-sabzavotlarni yetkazib berishda yechimini topadi. Eksport mavsumida mahsulotlar ortishi rejasizligi oqibatida meva sabzavot mahsulotlarning keskin ko‘payishi va tushib ketishi, bozordagi mahsulotlar xajmi xamda narxining barqarorsizligiga olib kelmoqda.

Buning asosiy sabablaridan biri esa eksportchi korxonalar tashqi bozorlaridagi vaziyatdan real vaktda  xabardor emasligida. www.uzagrotorg.com sayti ushbu muammoni yechadi . Ya'ni eksportchi internet-portalidagi ma'lumotlar orqali butun mavsum davomida mahsulotlarni eksportbozorlarga muntazam ravishda  yo‘naltirish natijasida bozorlardagi barqarorsizlikni oldi olinadi , bu esa eksportchilarning tashqi bozordagi mavkeini mustahkamlash bilan bir qatorda xaridorning mahsulotga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Natijada ishlab chiqaruvchi va xaridor o‘rtasidagi a'loqalar mustaxkamlanadi. Ishonchning oshishi natijasida ishlab chiqaruvchilarning daromadi va eksport xajmi ortadi. Daromadning ko‘payishi ishlab-chiqaruvlarning yangi-zamonaviy texnologiyalarga investitsiya kiritishiga imkoniyat beradi.

Foto: O’zbekoziqovqatxolding

Yakuniy natijada muntazam  eksport, talab va daromad ortadi.

 Ma'lumotlar xar kuni uch marotaba soat 07:00-09:00 gacha, 12:00-14:00 gacha va  17:00-19:00 gacha muntazam yangilanib boriladi. Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun kompaniya “Call centr”ga murojat qilishingiz mumkin +99871 129 59 59

Kelajakka hush kelibsiz.

Endilikda logistika eksporti on-layn tizimida.

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top